Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

Tunoqshom bo‘ldi-yu, kelmas mening sham’i shabistonim.
Bo‗g‗inga ajratsak, tu-noq-shom deb ajratamiz va o‗qiymiz. Ana shunda vazn talabi 
bilan ilk hijoning qisqa kelishini ko‗ramiz. Ayni shu hodisani vasl deb ataymiz. Vasl 
hodisasi mumtoz adabiyotimiz janrlarida yozilgan juda ko‗plab she‘rlarda uchraydi va 
buni bilish she‘rning vaznini to‗g‗ri aniqlab o‗qishda, ayniqsa, muhimdir.
3.2. Barmoq vazni 
Barmoq vaznidagi she‘rlar hijolarning cho‗ziq va qisqaligiga emas, balki 
bo‗g‗inlarning miqdoriga asoslanadi. Shunga ko‗ra, barmoq vaznida yozilgan she‘rning 
misrasi besh, olti, yetti, sakkiz, to‗qqiz va undan ortiq bo‗g‗inlardan tashkil topishi 
mumkin. Masalan: 
Qani, ayt, maqsading nimadir sening? – 11 bo‘g‘in
Nega tilkalaysan bag‘rimni, ohang? – 11 bo‘g‘in
Nechun kerak bo‘ldi senga ko‘z yoshim, – 11 bo‘g‘in
Nechun kerak, rubob, senga shuncha g‘am? – 11 bo‘g‘in 
Misralardagi bo‗g‗inlar soniga qarab turkum belgilanadi. Yuqoridagi misolda barcha 
misralardagi bo‗g‗inlar soni 11 ga teng bo‗lganligi uchun ushbu she‘r «o‗n birlik» 
turkumida yozilgan deb qaraladi. O‗zbek she‘riyatida hammasi bo‗lib 13 xil (5 lik 
turkumidan 17 lik turkumigacha) turkumdan foydalaniladi. Shulardan yettilik, to‗qqizlik, 
o‗n birlik, o‗n ikkilik turkumlari nisbatan keng qo‗llaniladi.
Barmoq she‘r tizimida misralardagi bo‗g‗inlarning miqdori asosiy mezon 
hisoblanadi. Barmoqda ikki xil vazn bor: sodda vazn, qo‘shma vazn. Agar she‘rning 


51 
boshidan oxirigacha misralardagi bo‗g‗inlar miqdori bir xil bo‗lsa, sodda vazn deyiladi. 
Masalan: 
Kо’к yuzida pag‘a bulut – oq bulut, – 11 bo‘g‘in 
Oq bulutdan sut yog‘armi yoki qut? – 11 bo‘g‘in 
Pag‘a bulut – yaxshi ko‘klam elchisi, – 11 bo‘g‘in 
Havolarda yomg‘ir isi, sel isi... – 11 bo‘g‘in 
 
Misralardagi bo‗g‗inlar miqdori ikki-uch xil ko‗rinishda bo‗lsa, qo‘shma vazn deb 
ataladi. Qo‗shma vaznda bo‗g‗inlar miqdori bir xil bo‗lmagan misralarning muayyan 
tartibi she‘r oxirigacha qat‘iy saqlanadi. Masalan, Mirtemirning: 
Alisherga alla aytib uxlatgan
 

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling