Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

V – – – V – – – V – –
Char x(i) ning 
men ko‗r ma gan jab ru ja 
fo si qol di mu 








– V 
– – –
V –
Xas 
ta 
ko‗ng lum chek ma gan dar du ba lo si qol di mu 








– V 
– – –
V –


45 
V – – – V – – – V – –
 
Bahr va ruknlar 
 
Shu tariqa baytdagi hijolarning qisqa yoki cho‗ziqligini o‗zlashtirganimizdan so‗ng 
rukn va bahr haqida tushuncha hosil qilib olishimiz kerak.
Ajab, vaslingga men endi yetishganda ko‘rindi moh, 
Masal borkim, og‘iz boshga, burun toshga tegibdur, voh.
Ushbu baytni cho‗ziq va qisqa hijolarga ajratib chiqqanda chizmalarning
quyidagicha ekanligini ko‗rish mumkin:
V – – – V – – – V – – – V – – –
V – – – V – – – V – – – V – – –
Bunda bir qisqa hijodan keyin uchta cho‗ziq hijoning takrorlanib kelayotganligi 
ko‗rinadi: V – – – (qisqa, cho‗ziq, cho‗ziq, cho‗ziq). Aynan mana shu bo‗lak butunicha 
qaytarilib kelyapti. Takrorlanayotgan bo‗lakni biz rukn deb ataymiz. Demak, mazkur 
baytda to‗rtta rukn mavjud. Barcha ruknlarda bitta qisqa va uchta cho‗ziq hijo bor. 
Ruknlarning takrori ikkala misrada ham bir xil. Ushbu holat baytning ohangdorligini 
ta‘minlayapti.
Ko‗rib o‗tgan misollarimizdan kelib chiqib rukn tushunchasiga quyidagicha ta‘rif 
berish mumkin:
Rukn arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida «ustun» degan ma’noni bildiradi. Aruz 
tizimida esa ma’lum bir hijolarning birikuvidan hosil bo‘ladigan ritmik bo‘lakdir.
Hijolarning takroridan ruknlar hosil bo‗lgani kabi ruknlarning muayyan tarzda 
takrorlanib kelishi bahrlarni shakllantiradi.  
Buni soddaroq shaklda quyidagicha tushunish mumkin:


46 
Aruz deganda biror o‗quv yurti (litsey yoki kollejni) tushunsak, bahr deganda undagi 
yo‗nalishlarni tasavvur qilaylik. Bilamizki, yo‗nalishlarning o‗z nomlari (masalan, «Aniq 
fanlar», «Ijtimoiy-gumanitar» va h.k.) bor. Demak, bahrlar ham nomlanadi. Arab aruzida 
19 bahr mavjud. Turkiy aruzda ularning 11 tasigina qo‗llanadi. Shu 11 bahrning ichida 4 
tasi nisbatan faol hisoblanadi. Ular ham yuqoridagi yo‗nalishlar kabi nomlanadi, masalan, 
ramal, hazaj, rajaz, mutaqorib. Bilamizki, har bir yo‗nalishning tayanch fanlari bor. 
Shunga o‗xshab bahrlar ham muayyan ruknlarga ega. Bular asliy ruknlar hisoblanadi. 
Hozir yuqorida aytib o‗tilgan 4 bahrning ruknlari (ustunlari) qanday nomlanishini bilib 
olishimiz zarur.
Ramal bahrining ustuni, ya‘ni rukni quyidagicha chiziladi: – V – – (cho‗ziq, qisqa, 
cho‗ziq, cho‗ziq). Bu rukn foilotun deb ataladi. Bir nuqtaga e‘tibor bering: fo – cho‗ziq, i 
– qisqa, lo – cho‗ziq, tun – qisqa. Demak, rukn nomi uning chizmasini o‗zida aks ettirar 
ekan.
Shu tariqa qolgan 3 ta bahrning ruknlari nomlari bilan tanishib chiqsak, quyidagicha 
manzara hosil bo‗ladi: 

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling