59
bildiradi. Ya‘ni bunda go‗yo hojibning qofiya oldidan kelib uning yuzini to‗sib
turishi
nazarda tutiladi. Alisher Navoiyning «Hayrat ul-abror» dostonidan olingan:
Tig‘ ila yorib jigarim yonini,
Yerga oqizdi jigarim qonini, –
baytida
«yonini, qonini» so‗zlari qofiya bo‗lib, «
jigarim» so‗zi
qofiyadan oldin kelib
takrorlangani uchun hojib hisoblanadi. Ba‘zan
radif ham, hojib
ham bir bayt tarkibida
kelishi mumkin. Zahiriddin Muhammad Boburning:
Sendek menga bir yori jafokor topilmas,
Mendek senga bir zori vafodor topilmas, –
baytida «
topilmas» so‗zi radif, bir so‗zi hojib bo‗lib, qolgan so‗zlar qofiyadir.
She‘riyatda qofiyaning bir necha turlari mavjud:
to‘liq (to‘q) va to‘liqsiz (och)
qofiya, unlilar yoki undoshlar ohangdoshligiga asoslangan qofiyalar.
To‘liq (to‘q) qofiyada qofiyadosh so‗zlarning tovush tarkibi to‗la mos keladi:
«
bahorim – dildorim»
, «
so‘ralar – mo‘ralar»
, «
yuragimgacha – suyagimgacha» va
boshqalar.
To‘liqsiz (och) qofiyalarda so‗zlarning tovush tarkibi qisman mos keladi: «
dahriy –
qahridan»
, «
tutun – Alovuddin» singari.
Qofiyalarning tartibi degan tushuncha ham bor. U she‘r
bandidagi misralarning
o‗zaro qofiyalanish tartibini anglatadi.
Savol va topshiriqlar:
1.
Qofiya nima?
2.
Raviy harfi haqida ma’lumot bering.
3.
Mutlaq va muqayyad qofiyalar qanday vujudga keladi?
4.
Radif va hojibning o‘xshash va farqli jihatlari haqida fikr yuriting.