53
Bandlar orasidagi to‗xtalish esa nisbatan kattaroq bo‗ladi va u katta pauza deyiladi.
Ba‘zan bandlar orasidagi to‗xtalishlar miqdori she‘rning mazmuni, o‗ziga
xos ritmiga
ko‗ra bir-biridan farqlanishi mumkin. Quyidagi misolda birinchi
va ikkinchi bandlar
orasida juda qisqa to‗xtalish bo‗ladi, shuning hisobiga ikkinchi
va uchinchi bandlar
orasida ancha katta pauza qilinadi:
Bas, yetar, cholg‘uchi, bas qil sozingni,
Bas, yetar, ko‘ksimga urmagil xanjar.
Nahotki, dunyoda shuncha g‘am bordur,
Agar shul munojot rost bo‘lsa, agar.
Agar aldamasa shu sovuq simlar,
Gar shul eshitganim bo‘lmasa ro‘yo.
Sen beshik emassan, dorsan, tabiat,
Sen ona emassan, jallodsan, dunyo.
3.3. Erkin vazn
Vazndan vaznga ko‗chishga asoslangan she‘riy tizim
erkin vazn sanaladi.
Erkin (sarbast) vaznda
misralardagi hijolar miqdori, ularning cho‗ziq
yoki qisqaligi
hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. Erkin she‘r
«verlibr» (fransuzcha vers – she’r,
Do'stlaringiz bilan baham: