Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. QOFIYA VA RADIF She‘rning asosiy unsurlaridan biri qofiyadir. Misra yakunida so‘z, qo‘shimcha
- Raviy
- « daler » va « sher »
- « savdoda » va « daryoda »
- « lola – piyola » , « banda – xanda »
- « mubtalo » , « oshno » , « muddao » , « mosivo »
- «jononimni», «davronimni»
- « afg‘on » , « so‘zon »
Savol va topshiriqlar:
1. O‘zbek she’riyatida necha xil vazndan foydalaniladi? 2. Aruz vazni haqida umumiy ma’lumot bering. 3. Rukn va bahr deganda nimani tushunasiz? 4. Barmoq vaznining o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumot bering. 5. Turkum va turoq nima? 6. Sodda va qo‘shma vaznlar haqida ma’lumot bering. 7. Erkin vaznning o‘ziga xos jihatlari nimada? 4. QOFIYA VA RADIF She‘rning asosiy unsurlaridan biri qofiyadir. Misra yakunida so‘z, qo‘shimcha, ba’zan esa so‘z birikmalarining ohangdosh bo‘lib kelishi qofiya deyiladi. Qofiya lirik asarning musiqiyligi, ohangdorligi va ta‘sirchanligini kuchaytiradi, asarning yod olinishini osonlashtiradi. She‘r o‗qiganimizda, yoddan aytganimizda yoki uni tinglaganimizda qofiya misraning tugaganligidan darak berishini yaqqol his qilamiz: Boshing egib ta’zim ayla, shukrona ayt Seni guldek erkalagan chaman uchun, Osmonlarda yurgan bo‘lsang tuproqqa qayt, Aytgil, do‘stim, nima qildik Vatan uchun? (Iqbol Mirzo) She‘r tuzilishida, uning musiqiyligini kuchaytirishda ohang hosil qiluvchi va uni kuchaytiruvchi qofiyaning katta ahamiyati bor. Qofiya bir so‗z bilan yuzaga chiqmaydi. Qofiya uchun ikki va undan ortiq ohangdosh so‗zlar uyg‗unligi bo‗lishi kerak. Ular qofiyadosh so‗zlar deyiladi. Ohangdoshlikni bu so‗zlardagi raviy deb ataluvchi unli yoki undosh bo‗lgan tirgak tovush hosil qiladi. 57 Raviy arabcha «rivo» so‗zidan olingan bo‗lib, «yukni tuyaga bog‘laydigan arqon» ma‘nosini bildiradi. Arqon tuya ustiga ortilgan yuklarni mahkam birlashtirib turganidek, raviy ham she‘rning qofiyalanuvchi barcha misralarini biriktirib, o‗zaro bog‗lab turadi. Qofiyadosh so‗zlarda raviy qat‘iy bir o‗rinda keladi. Bu harf qofiyalanuvchi so‗zlar tarkibida aynan takrorlanib kelishi shart. Raviy tub so‗zlarda o‗zak oxirida, yasama so‗zlarda esa negiz so‗ngida keluvchi cho‗ziq unli yoki undosh harfdir. Masalan, «Anor» chistonidagi «nishon», «makon», «qon» qofiyadosh so‗zlarida «n» undoshi raviy hisoblanadi. Ularda qofiya raviy bilan tugagan. «Yong‗oq» chistonining birinchi baytidagi «boshida», «qoshida» qofiyadosh so‗zlarida «sh» tovushi raviydir. Chunki qofiyadosh so‗zlarning o‗zagi «sh» bilan tugagan. Lekin bu chistonda qofiya raviydan keyin ham davom etmoqda. Raviy bilan tugallangan qofiyalarni muqayyad («bog‘langan») deb, raviydan keyin harflar kelgan qofiyalarni mutlaq («to‘liq») qofiya deb atash qabul qilingan. Masalan, Alisher Navoiyning «Sab‘ayi sayyor» dostonidan olingan quyidagi baytga e‘tibor qaratsak: Ham tanumand-u ham shujo-u daler, Ul sifatkim jazira ichraki sher. Ushbu baytda «daler» va «sher» so‗zlari qofiya bo‗lib, raviy «r» harfidir, qofiya raviy harfi bilan tugallangani uchun muqayyad qofiya hisoblanadi. Navbatdagi baytda esa mutlaq qofiyaning qo‗llanilganini ko‗ramiz: Topqamen, shoyad, ushbu savdoda, Gavharimdin nishona daryoda. Mazkur baytda «savdoda» va «daryoda» so‗zlari qofiya hisoblanadi, raviy «o» unlisi bo‗lib, raviydan keyin -da qo‗shimchasi kelyapti. Shu sababli bu qofiya mutlaq, ya‘ni to‗liq qofiya sanaladi. Mumtoz she‘r ilmida raviy so‗zning asosi (o‗zagi)da bo‗lishi talab etilgan. Ammo ijod amaliyotida ba‘zan bu talabdan chetga chiqishlar ham kuzatiladi. Uvaysiyning «Kun 58 va tun» chistonida ham shu holatni ko‗ramiz. «Ko‗rmagan» – «sig‗magan» qofiyasidagi raviy («n» tovushi) o‗zakda emas, qo‗shimchaning tarkibida joylashgan. Eslab qolish kerakki, «lola – piyola», «banda – xanda» kabi qofiyalarda «a» unlisi emas, balki «l» hamda «d» undoshlari raviy hisoblanadi. So‗zdagi cho‗ziq unlilargina raviy bo‗la oladi. Qisqa unlilar raviy bo‗lolmaydi. Masalan, shoiraning «Uvaysiyman» radifli g‗azalida «mubtalo», «oshno», «muddao», «mosivo» so‗zlaridagi «o» unlisi raviydir. Qofiyadan keyin takrorlanadigan so‗z yoki so‗zlar birligi radif deyiladi. Radif arabcha «otning orqasiga mingashib, ergashib boruvchi» ma‘nosini bildiradi. Uvaysiyning: Bu kun, ey do‘stlar, farzandi jononimni sog‘indim, Gado bo‘lsam ne ayb, ul shohi davronimni sog‘indim, – bayti bilan boshlanuvchi she‘rida «jononimni», «davronimni» kabi so‗zlar qofiyadosh bo‗lsa, ulardan keyin takrorlanuvchi «sog‘indim» so‗zi radifdir. Radif bir necha so‗zdan ham iborat bo‗lishi mumkin. Uvaysiyning: Ki bulbul nola, afg‘on aylamakni mendin o‘rgandi, Vujudin sham’i so‘zon aylamakni mendin o‘rgandi, – baytida «afg‘on», «so‘zon» qofiyasidan keyingi uch so‗zdan iborat «aylamakni mendin o‘rgandi» radif bo‗lib kelgan. Radif uyushiq bo‗lakli so‗zlardan iborat bo‗lishi ham mumkin: Xil’atin to aylamish jonon qizil, sorig‘, yashil, Shu’layi ohim chiqar har yon qizil, sorig‘, yashil. (Alisher Navoiy) Ba‘zan takrorlanuvchi so‗z qofiyadan oldin kelishi ham mumkin. Bunday so‗zlar Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling