Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
5. SHE’RIY SAN’ATLAR
She‘riy san‘atlar badiiy asardan o‗rin olgan g‗oyalarning hayotiyroq, ta‘sirchanroq ifodalanishiga, lirik va epik timsollarning yorqinroq gavdalantirilishiga, misralar, baytlar va bandlarning musiqiyligini oshirishga xizmat qiladi. She‘riy san‘atlar haqidagi fan mumtoz adabiyotimizda ilmi bade’ (badiiylik ilmi) deb yuritilgan. Shuningdek, bu ilm «Badoye’ us-sanoye’» deb ham atalib, «badiiy san’atlar» ma‘nosini bildiradi. «San’at» «sun’», ya‘ni «yaratmoq» so‗zidan olingan bo‗lib, badiiylik yaratish demakdir. Badiiylik yaratishning yo‗llari ko‗p. Badiiy san‘atlar ikkiga: ma’naviy (ma‘noga tegishli) va lafziy (shaklga oid) san‘atlarga bo‗linadi. Tazod Tazod (arabcha «zid», «qarama-qarshi») – she‘rda tuyg‗u va holatni ma‘no jihatidan bir-biriga zid, qarama-qarshi so‗z, fikr va tushunchalar orqali ifodalash san‘ati. Orazidek oydin erkonda gar etti ehtiyot Ro‘zgorimdek ham o‘lg‘onda qorong‘u kelmadi (Navoiy) Mazmuni: Kecha oydin ekanda agar ehtiyot qilib kelmagan bo‗lsa, tun ro‗zg‗orimdek qorong‗u bo‗lganda ham kelmadi. Tazod: oydin ↔ qorong‘u Zohid, menga bir shishada may, senga namozing, Ming taqvini bir kosayi mayga sota qoldim. (Mashrab) Mazmuni: Ey zohid, menga bir shishada may (Alloh ishqi), senga esa namoz muhim; ming taqvi 61 (shariat hukmlari)ni bir kosa may (Alloh vasli)ga almashtiraman. Shartli tazodlar: may↔namoz, men↔zohid, menga↔senga, ming↔bir, taqvi↔bir kosa may. Birni Qipchoq-u Xito-yu, birni Yuz, Nayman demang, Qirq-u Yuz, Ming son bo‘lub, bir xon oyinlik qiling. (Turdi Farog‘iy) Mazmuni: Urug‗ingiz nomi qirq, yuz, ming bo‗lsa-da, siz bir xonlikda yashashni, bir mamlakat bo‗lib birlashishni odat qiling. Tazod raqamlarda: bir ↔ yuz hamda yuz ↔ ming. Qatrayam nochiz, ammo zoti qulzum Turdiman, Kelturan amvojg‘a bahri talotum Turdiman. (Turdi Farog‘iy) Mazmuni: «Qatradek nochiz», ya‘ni tomchidek ojiz ko‗rinsam ham, zotim dengizga borib tutashadigan (zoti qulzum) Turdiman, ummon to‗lqinlariga talotum keltiradigan Turdiman. Tazod: qatrayam nochiz ↔ zoti qulzum. Ishq o‘tida Lutfiy yuzi oltunni yoshurdi, Ey siymbarim, xoh inon, xoh inonma. (Lutfiy) Mazmuni: Ishq o‗tida Lutfiyning yuzi oltinni yashirdi, kumush tanim, xoh ishon, xoh ishonma. Tazod radifda: xoh inon↔ xoh inonma. 62 Qovoq solib osmon ko‘zi yosh sochar, Chechak-maysa quvnoq kulib yuz ochar. (Yusuf Xos Hojib) Mazmuni: Osmon qovoq solib ko‗z yoshi sochadi, chechak-maysa kulib yuzini ochadi. Tazod: ko‘z yosh sochar ↔ kulib yuzini ochar. Yashirin tazod: osmon ↔ chechak-maysa (yer ma‘nosida). Uzun sochingdin uzmasmen ko‘ngulni, Ayog‘ing qanda bo‘lsa, boshim anda. (Atoyi) Mazmuni: Uzun sochingdan ko‗nglimni uzmayman, oyog‗ing qayerda bo‗lsa, boshim ham o‗sha yerda. Tazod: ayoq ↔ bosh Soching chun laylat ul-qadr-u yuzing chun subhi sodiqdur. (Atoyi) Mazmuni: Soching laylat ul-qadr tunidek qora, yuzing subhi sodiq – tong kabi munavvar. Tazod: laylat ul-qadr ↔ subhi sodiq. Agar qoshimda o‘shal guluzor bo‘lsa edi, G‘ame yo‘q erdi, g‘amim gar hazor bo‘lsa edi. (Sakkokiy) Mazmuni: Agar oldimda o‗shal gul yuzli yorim bor bo‗lganida, g‗amim ming bo‗lsa ham, uni yo‗q deb hisoblagan bo‗lardim. Tazod: bo‘lsa edi ↔ yo‘q erdi. 63 Kimki bir ko‘ngli buzug‘ning xotirin shod aylagay, Oncha borkim, Ka’ba vayron bo‘lsa, obod aylagay. (Alisher Navoiy) Mazmuni: Kimki bir ko‗ngli buzuq – ko‗ngli o‗ksikni shodlantirsa, bu bamisoli vayron bo‗lgan Ka‘bani obod qilishdir. Tazod: vayron ↔ obod. Xazon yaprog‘i yanglig‘ gul yuzung hajrida sarg‘ardim, Ko‘rub rahm aylagil, ey lolarux, bu chehrayi zardim. (Bobur) Mazmuni: Gul yuzing hajrida xazon bargidek sarg‗aydim, sarg‗aygan chehram (chehrayi zardim)ni ko‗rib, ey lola yuzli (lolarux), rahm qil. Tazod: xazon yaprog‘i ↔ gul, lolarux ↔ chehrayi zard. Ey shoh, karam aylar chog‘i teng tut yamon-u yaxshini Kim, mehr nuri teng tushar vayron-u obod ustina. (Ogahiy) Mazmuni: Ey shoh, lutf-u marhamat, karam qiladigan chog‗ingda yomon-u yaxshini teng tut, chunki quyosh nuri vayron-u obod ustiga teng tushadi. Tazod: yamon ↔ yaxshi, vayron ↔ obod. Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling