Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

Tajnis 
 
Tajnis yoki jinos («biror narsa bilan o‘xshash bo‘lmoq») – talaffuz va shaklda bir-
biriga yaqin bo‗lgan so‗zlarni turli ma‘nolarda qo‗llash san‘atidir.

Bo‘yung sarv-u sanubardek, beling qil, 

Vafo qilg‘on kishilarga vafo qil.
(Xorazmiy) 
Mazmuni: 
Bo‗ying sarv-u sanubar daraxtlaridek tik va go‗zal, beling qil kabi nozik, vafo qilgan 
kishilarga vafo qil.
Tajnis: qil.  

Ey bag‘ritosh, ko‘nglum evin aylama xarob 

Kim, surating chizilmish aning ich-u toshinda
(Lutfiy) 
Mazmuni: 
Ey bag‗ritosh go‗zal, ko‗nglim uyini xarob qilma, chunki uning ich-u tashqarisida 
sening suvrating chizilgan.
Tajnis: tosh.


67 

Yuz ochg‘il, ko‘z seni to‘yguncha ko‘rsin, 

Necha bo‘lg‘ay bu ko‘z muntazir, och. 
(Lutfiy)
Mazmuni: 
Yuzingni och, ko‗z seni to‗yguncha ko‗rsin, bu ko‗z och (zor-u intizor) bo‗lib necha 
vaqtdan buyon kutadi.
Tajnis: och.  

Ne navo bo‘lg‘ay bukim, mehrob ichinda o‘lturib, 
O‘lturadur men duochini ko‘zung boqib turib.
Mazmuni: 
Sening ko‗zing mehrob ichida (bunda qosh mehrobga o‗xshatilyapti, ya‘ni ko‗z 
qoshning tagida turib) men duogo‗yni boqib turib o‗ldiradi.
Tajnis: o‘lturmoq. 

Qaro ko‘zum, kel-u, mardumliq emdi fan qilg‘il,

Ko‘zum qarosida mardum kibi vatan qilg‘il.
(Alisher Navoiy) 
Mazmuni: 
Qaro ko‗zum, kel va mardumliq (odamiylik)ni fan qil – o‗zingga odat qil
ko‗zimning qorasini mardum (ko‗z gavhari) kabi vatan tut.
Tajnis: mardum.  

Har qachon kulbama falon jonim,
Kelsa o‘tru chiqar anga jonim.
(Komil) 
Mazmuni: 


68 
Kulbamga falonchi jonim kelsa, uni qarshi olgani jonim chiqadi. 
Tajnis: jonim.  

Ul qaro ko‘z ko‘zlariga surma bejo tortadur,
Balki andin dahr eli ortuqcha g‘avg‘o tortadur.
(Furqat) 
Mazmuni: 
Yorim qaro ko‗zlariga surma tortadi, balki surma tortish bilan dunyo eli orasida 
g‗avg‗o ko‗taradi (tortadi).
Tajnis: tortadur.

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling