Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

Husni ta’lil 
Husni ta’lil (chiroyli dalillash) – biror voqeani unga daxli bo‗lmagan boshqa bir 
hodisa bilan izohlash. Shoir tasvir etayotgan hodisasiga biror go‗zal sabab ko‗rsatadi. Bu 
asoslash real, hayotiy bo‗lmasdan, aksincha, xayoliy, shoirona shaklda namoyon bo‗ladi.

Quyosh oydek yuzungning xijlatidin 
Qochib, to‘rtinchi ko‘k uzra chiqibdur. 
(Lutfiy) 
Mazmuni: 
Quyosh oy kabi yuzing nuridan xijolat bo‗lib to‗rtinchi qavatga chiqib olibdi.
Husni ta‘lil: musulmon Sharqida quyosh to‘rtinchi falakda deb tasvirlanadi. 
Shoir bu o‘rinda quyoshning to‘rtinchi qavatda ekanligini yorining go‘zallik nuridan 
o‘sha yerga qochib chiqqani bilan izohlayapti.

Nozuklik ichra belicha yo‘q tori gisuyi, 
O‘z haddini bilib belidin o‘lturur quyi.

(Lutfiy) 
Mazmuni: 
Yorimning sochi uning belidek nozik bo‗lolmagani uchun haddini bilib quyida 
o‗tiradi.
Husni ta‘lil: yorning sochi shunchalik uzunki, uning belidan pastga tushadi. 


74 
Shoir bu holatni yorning belichalik nozik bo‘lmagan soch uyalganidan haddini bilib 
quyida o‘tirishi bilan izohlayapti.  

Qutlug‘ oyog‘ing yerga tegibdur, oning uchun 
El yerga qo‘yub bosh qilur barcha ibodat.
(Lutfiy) 
Mazmuni: 
Qutlug‗ oyog‗ing yerga tekkani uchun, el boshini yerga qo‗yib ibodat qiladi.
Husni ta‘lil: insonlarning boshini yerga qo‘yib sajda qilishlari go‘yoki yorning 
oyog‘i yerga tekkanidan emish.

Labingdin chun suchuklik qand o‘g‘urlar, 
Solurlar el ani suvg‘a yalang‘och.
(Lutfiy) 
Mazmuni: 
Qand labingdan shirinlikni o‗g‗irlagani uchun el uni jazolab yalang‗och holda suvga 
soladi.
Husni ta‘lil: qadimda o‘g‘rilarni qaynoq suvga solib jazolash usuli bo‘lgan. Shoir 

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling