Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
ixlosmandlar devoni» nomi bilan yuritilmoqda.
Devon 1471-yil 25-dekabrda Anisiy taxallusi bilan she‘rlar yozgan shoir va xattot Abdurahim ibn Abdurahmon Xorazmiy tomonidan Oqquyunlilar saltanati markazlaridan biri bo‗lgan Sheroz shahrida ko‗chirilgan. Devonda jami 229 ta she‘r bor: 224 g‗azal, 1 mustazod, 3 muxammas va 1 tarje‘band. Bu majmuadagi 224 g‗azaldan 217 tasi «Badoye‘ ul-bidoya»ga va faqat bittasigina «Navodir un-nihoya»ga o‗tgan. Devondagi 90% g‗azal «Ilk devon»da uchramaydi. Bu holat mazkur g‗azallarning katta qismi 1466-yildan keyingi 5 yil orasida (1471-yilgacha) yaratilganligini ko‗rsatadi. Avvallari Alisher Navoiyning turkiy tildagi she‘riyati 4 bosqichda: «Ilk devon», «Badoye‘ ul-bidoya», «Navodir un-nihoya», «Xazoyin ul-maoniy» tarzida o‗rganib kelinardi. Endilikda mazkur devon topilgandan so‗ng Alisher Navoiy she‘riyatini besh bosqichda o‗rganishga zarurat seziladi. Buni quyidagi jadvalda ko‗rish mumkin: Bosqichlar Navoiy devonlari Tuzilish muddati I Ilk devon 1465 – 1466 II Oqquyunlilar devoni 1471 III Badoye‘ ul-bidoya 1470 – 1480 IV Navodir un-nihoya 1480 – 1487 V Xazoyin ul-maoniy 1492 – 1498 Oqquyunlilar saltanatining asosiy aholisi o‗g‗uz turklari bo‗lgani uchun mazkur qo‗lyozmada Alisher Navoiy she‘rlari o‗g‗uz lahjasiga moslashtirib ko‗chirilgan. Masalan, Navoiyning mashhur g‗azali matla‘si ushbu devonda quyidagi holatda uchraydi: Mehr cho‘x ko‘rsatdim, ammo mehribone dopmadim, Jon base qildim fido, oromi jone dopmadim. 195 Oqquyunlilar devoni hozirda Misrning Qohira shahrida saqlanmoqda. Alisher Navoiy Husayn Boyqaro taxtga chiqqanidan keyin uning topshirig‗i bilan o‗zining birinchi rasmiy devoni – «Badoye‘ ul-bidoya» (Badiiylikning boshlanishi)ni tartib beradi. Devonning Alisher Navoiy hayotlik davrida (1480-, 1482- va 1486-yillarda) ko‗chirilgan nusxalari Parij Milliy kutubxonasida (1480-yil, inv. №746), Britaniya muzeyida (1482-yil, inv. №401) va Toshkent shahrida (1486-yil, inv. №216, asos nusxa) saqlanadi. Devon mazkur nusxalar asosida filologiya fanlari nomzodlari Sh.Sharipov va M.Rahmatullayeva tomonidan nashrga tayyorlangan (MAT, 1-jild). Shoir bu devoni uchun maxsus debocha ham yozib, unda devon tartib berish masalalariga to‗xtaladi va quyidagi xususiyatlarni alohida ko‗rsatib o‗tadi. Alisher Navoiy devonni g‗azallar bilan boshlash, g‗azallarni 28 harf emas, balki 32 harf ( Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling