Dilnavoz Yusupova


 «Xazoyin ul-maoniy» kulliyotidagi lirik janrlar tavsifi


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

11.2. «Xazoyin ul-maoniy» kulliyotidagi lirik janrlar tavsifi 
«Xazoyin ul-maoniy» kulliyoti turkiy she‘riyatning gultoji bo‗lib, jami 16 lirik janrni 
o‗z ichiga oladi. Bu she‘riy janrlar har bir devonga muayyan tartib bilan joylashtirilgan va 
bu janrlarga oid she‘rlarning umumiy soni 3132 ga teng. «Xazoyin ul-maoniy» kulliyoti 
tarkibiga kiruvchi devonlarning janr xususiyatlarini kuzatadigan bo‗lsak, ular orasida 
o‗zaro mutanosiblik borligini ko‗ramiz. Xususan, «G‗aroyib us-sig‗ar» va «Navodir ush-
shabob» devonlariga 8 tadan, «Badoye‘ ul-vasat» va «Favoyid ul-kibar» devonlariga 9 
tadan janr kiritilgan va devonlarning hajmi ham bir-biridan unchalik farq qilmaydi: 
«G‗aroyib us-sig‗ar»da 840 ta she‘r (5718, 5 bayt), «Navodir ush-shabob» devonida 759 
ta she‘r (5423, 5 bayt), «Badoye‘ ul-vasat»da 740 ta she‘r (5420 bayt) va «Favoyid ul-
kibar»da 793 ta she‘r (588,5 bayt) mavjud. Bu janrlardan g‗azal, mustazod, musaddas
tarji‘band barcha devonlarga o‗zaro teng nisbatda joylashtirilgan. Mazkur janrlarning 
14
Professor H.Sulaymon «Devoni Foniy» nusxalarini o‗rganish asnosida shunday xulosaga kelgan.


198 
kulliyotdagi tartibi va o‗zaro nisbatini H.Sulaymonov tuzgan quyidagi jadvalda ko‗rish 
mumkin: 
№ 
Navoiy 
foydalangan 
lirik janrlar 
«G‗aroyib 
us-sig‗ar» 
devonida 
«Navodir 
ush-shabob» 
devonida 
«Badoye‘ 
ul-vasat» 
devonida 
«Favoyid 
ul-kibar» 
devonida 
Jami to‗rt 
devonda 

G‗azal 
650 ta 
(4975 
bayt) 
650 ta 
(4998 bayt) 
650 ta 
(5001 
bayt) 
650 ta 
(5029 ta) 
2600 ta 
(20003 
bayt) 

Mustazod 
1 ta 
(7 bayt) 
1 ta 
(7 bayt) 
1 ta 
(7 bayt) 
1 ta 
(7 bayt) 
4 ta 
(28 bayt) 

Muxammas 3 ta 
(57,5 
bayt) 
3 ta 
(52,5 bayt) 
2 ta 
(30 bayt) 
2 ta 
(37,5 bayt) 
10 ta 
(177,5 
bayt) 

Musaddas 
1 ta 
(27 bayt) 
1 ta 
(27 bayt) 
2 ta 
(42 bayt) 
1 ta 
(21 bayt) 
5 ta 
(117 bayt) 

Musamman
1 ta 
(28 bayt) 
1 ta 
(28 bayt) 

Tarji‘band 
1 ta 
(100 bayt) 
1 ta 
(103 bayt) 
1 ta 
(56 bayt) 
1 ta 
(110 bayt) 
4 ta 
(369 bayt) 

Tarkibband
1 ta 
(56 bayt) 
1 ta 
(56 bayt) 


199 

Masnaviy 
1 ta 
(148 bayt) 
1 ta 
(148 bayt) 

Qasida 
1 ta 
(91 bayt) 
1 ta 
(91 bayt) 
10 
Soqiynoma 
1 ta 
(458 bayt) 
1 ta 
(458 bayt) 
11 
Qit‘a 
50 ta 
(138 bayt) 
50 ta 
(126 bayt) 
60 ta 
(127 bayt) 
50 ta 
(112 bayt) 
210 ta 
(503 bayt) 
12 
Ruboiy 
133 ta 
(266 bayt) 
133 ta 
(266 bayt) 
13 
Muammo 
52 ta 
(54 bayt) 
52 ta 
(54 bayt) 
14 
Lug‗z 
10 ta 
(40 bayt) 
10 ta 
(40 bayt) 
15 
Tuyuq 
13 ta 
(26 bayt) 
13 ta 
(26 bayt) 
16 
Fard 
86 ta 
(86 bayt) 
86 ta 
(86 bayt) 
Jami 
840 
ta 
(5718,5 
bayt) 
759 
ta 
(5423,5 
bayt) 
740 
ta 
(5420 
bayt) 
793 
ta 
(5888,5 
bayt) 
3132 
ta 
(22450,5 
bayt) 
11.3. Xamsanavislik an’anasi va Alisher Navoiy «Xamsa»si 
Musulmon Sharqi epik poeziyasi tarixi xamsachilik an‘anasi bilan chambarchas 
bog‗liq. Dastavval XII asrda vujudga kelgan xamsa janri sakkiz asrga yaqin vaqt 
davomida yuzlab javob dostonlarga ega bo‗ldi. Sharq adabiyotida birinchi bo‗lib «Xamsa» 
yozgan shaxs buyuk ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviydir. U 1170 – 1204-yillar 


200 
oralig‗ida birin-ketin 5 ta doston yaratdi, bu dostonlar shoir vafotidan so‗ng yaxlit bir 
to‗plamga birlashtirilib «Panj ganj» (Besh xazina) deb atala boshlandi va keyinchalik 
xamsa nomi bilan mashhur bo‗ldi.
Nizomiy beshligidagi birinchi doston «Maxzan ul-asror» (Sirlar xazinasi) deb atalib, 
1170-yili yaratilgan. Nizomiy bu dostonini g‗aznaviylar hukmdori Bahromshoh (XII 
asr)ga bag‗ishlaydi. «Maxzan ul-asror»ning vujudga kelishida XII asr klassigi Hakim 
Sanoiy «Xadiqat ul-haqoyiq» (Haqiqatlar bog‗i) dostonining ta‘siri bor. Umuman, 
musulmon Sharqida falsafiy-didaktik yo‗nalishdagi dostonlarning ibtidosi ham bevosita 
shu doston bilan bog‗lanadi.
Nizomiy beshligidagi ikkinchi doston «Xusrav va Shirin» deb atalib, taxminan 1181-
yili yozib tugallangan. Shoir bu dostonini saljuqiy hukmdor To‗g‗rul II (1174 – 1194) 
topshirig‗iga ko‗ra yaratadi. «Layli va Majnun» dostoni esa 1188 – 1189-yillarda 
shirvonshoh Axsitan II topshirig‗iga ko‗ra yaratiladi.
Nizomiy beshligidagi to‗rtinchi doston «Haft paykar» (Yetti go‗zal) 1196-yili yozib 
tugallanadi. Doston 4600 baytdan iborat bo‗lib, hukmdor Alouddin Ko‗rpa Arslon (1174 – 
1207) topshirig‗i bilan yaratilgan. «Haft paykar» asosiy voqea va unga ilova qilingan 7 ta 
qoliplovchi hikoyatlardan iborat.
Nizomiy beshligidagi so‗nggi – beshinchi doston «Iskandarnoma» deb atalib, ikki 
qism: «Sharafnoma» va «Iqbolnoma»dan iborat. Doston hajmi 10000 baytdan ortiqroq. 
Dostonning aniq qaysi yilda yaratilganligi ma‘lum emas, adabiyotlarda uning 1197-yildan 
keyin yozilganligi haqida ba‘zi qaydlar uchraydi.
Nizomiy beshligi yaratilgandan keyin oradan bir asr vaqt o‗tib Xusrav Dehlaviy 
(1253 – 1325) unga javob yozdi va shu bilan xamsanavislik an‘anasini boshlab berdi. U 
1299 – 1301-yillarda «Matla‘ ul-anvor» (Nurlarning boshlanmasi), «Shirin va Xusrav», 
«Majnun va Layli», «Hasht behisht» (Sakkiz jannat), «Oyinayi Iskandariy» (Iskandar 
oynasi) dostonlarini yaratib Nizomiy ishini davom ettirdi, natijada adabiyotda xamsachilik 
an‘anasi paydo bo‗ldi.

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling