Dilnavoz Yusupova
Alisher Navoiy lirikasi. Devonlari
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- « Oqquyunli
11.1. Alisher Navoiy lirikasi. Devonlari
Musulmon Sharqi she‘riyati tarixini Alisher Navoiy lirikasisiz tasavvur etib bo‗lmaydi. Uning lirik merosi o‗zigacha yaratilgan fors-tojik va turkiy she‘riyatning davomi bo‗lish bilan birga barcha zamonlardagi o‗zbek she‘riyatining eng yuksak cho‗qqisi hamdir. Har ikkala tilda yuksak badiiy asarlar yarata olish qobiliyatiga ega bo‗lgan hassos shoir 45 ming misraga yaqin turkiy tildagi she‘rlari va 12 ming misradan ortiq fors-tojik tilidagi nazmiy merosi bilan o‗sha davr she‘riyati rivojiga katta hissa qo‗shdi. Alisher Navoiy bolalik yillaridanoq badiiy ijod bilan shug‗ullana boshlagan. «Uch yosh bila to‗rt yoshning orasida» forsigo‗y adib Qosim Anvorning baytini yod o‗qib yig‗ilganlarni hayratda qoldirgan («Majolis un-nafois») Alisher 15 yoshlarida «malik ul- kalom» Lutfiyning tahsiniga sazovor bo‗ladi. Adabiyot ixlosmandlari undan devon tuzishni iltimos qilganlarida, u g‗oyat kamtarlik yuzasidan devon tuzish uchun hali vaqt erta deb hisoblaydi. Shunda shoirning muxlislari 1465 – 1466-yillarda uning she‘rlarini to‗plab devon tuzadilar va bu devon o‗z davrida «xattotlar sultoni» nomi bilan mashhur bo‗lgan Sultonali Mashhadiy tomonidan nasta‘liq xatida ko‗chiriladi. Navoiyning o‗zi 193 «Badoye‘ ul-bidoya»ga yozgan debochasida: «…ammo xaloyiq arosida ming bayt-ikki ming bayt ortug‘roq, o‘ksukrakkim o‘zlari jam’ qilib erdilar, bag‘oyat mashhur bo‘lub erdi», – deb yozadi. Devon uni nashrga tayyorlagan adabiyotshunos olim Hamid Sulaymonov tomonidan shartli ravishda «Ilk devon» deb nomlangan bo‗lib, 391 g‗azal, 41 ruboiy, 1 mustazod, 1 muxammas – jami 434 she‘rdan tashkil topgan. Devonga shoirning 1466-yildan avval yozilgan asarlari kirgani uchun undagi she‘rlarning yozilish sanasi nisbatan aniq deb hisoblash mumkin, shu sababli bu devon shoirning o‗spirinlik va yigitlik davridagi ijodi va tarjimayi holi haqida muayyan tasavvur beruvchi manba sifatida yuksak qiymatga ega. Devondagi g‗azallarni kuzatarkanmiz, bugungi kunda xalq orasida mashhur bo‗lgan quyidagi g‗azallar aynan shoir ijodining ilk davrida yaratilganiga guvoh bo‗lamiz: Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro‘ kelmadi, Ko‘zlarimg‘a kecha tong otquncha uyqu kelmadi... Ko‘rgali husnungni zor-u mubtalo bo‘ldum sango, Ne balolig‘ kun edikim, oshno bo‘ldum sango... Navoiy falsafiy tafakkurida muhim qiymatga ega bo‗lgan «Ango» radifli g‗azalning ham aynan shu devondan o‗rin olganligi shoirning o‗sha davrdagi yuksak salohiyatidan darak beradi. G‗azal matla‘sini keltiramiz: Har gadokim, bo‘riyoyi faqr erur kisvat ango, Saltanat zarboftidin hojat emas xil’at ango. «Ilk devon»dagi barcha she‘rlarning keyinchalik «Xazoyin ul-maoniy»ga kiritilganligi ularning Alisher Navoiy uchun ham qadrli bo‗lganini ko‗rsatadi. Navoiyshunos olim, filologiya fanlari doktori Aftondil Erkinov jahon qo‗lyozma fondlarida saqlanayotgan nusxalarni o‗rganish asnosida Alisher Navoiyning ixlosmandlari tomonidan tuzilgan yana bir devon qo‗lyozmasini aniqlab, 2012-yili fanga ma‘lum qildi. 194 Mazkur devon shoirning oqquyunlilar sulolasi (Ozarbayjon va G‗arbiy Eron hududida 1378 – 1508-yillarda hukmronlik qilgan o‗g‗uz turklari) hukmronligi hududidagi muxlislari tomonidan tuzilgan bo‗lib, hozircha fanda shartli ravishda «Oqquyunli Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling