Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abdulla Qahhor (1907 – 1968) Hayotiga doir muhim ma’lumotlar
V. Qissalari
«Shum bola» (1936 – 1960) Asar syujeti va xulosa: Shum bola (Qoravoy) – 14 yoshli bola. Uning ismi asarda keltirilmagan. Bir kuni onasini xafa qilib qo‗yadi va xijolat bo‗lib, qolaversa, ozgina pul topib kelish ilinjida Toshkent atrofidagi qishloqlarni aylanib keladi. Avval pochchasinikiga boradi, pochchasining qimmatbaho qushlarini suzma ichirib o‗ldirib qo‗yadi. Do‗sti Omonga qo‗shilib Sulton o‗g‗ri boshchiligidagi kissavurlar bilan tunni o‗tkazadi, o‗lik yuvib sharmanda bo‗ladilar, masjid imomining kasal ho‗kizining o‗rniga eshakni so‗yib qo‗yadi, bir eshonning xonaqosida ham bo‗ladi, eshon unga «Oyoq-qo‗lli bolasan…» deb bolani to‗g‗ridan to‗g‗ri o‗g‗rilikka boshlaydi. Nihoyat, Kalasdagi Sariboy bo‗lisning olma bog‗iga xizmatchi bo‗lib ishga kiradi, olma sotadi. Boy Chuvalachidagi Yusuf kontorning dala hovlilarni qimorda yutib olib, bir qirg‗iz xotinni olib, hech kelmay qolganda shum bola qur‘ada uning nomi tushgani uchun boydan olma terish uchun ruxsat olgani Chuvalachiga boradi. Shum bolaning mazkur holatda boyning mot qilishi «Bir yolg‗ondan ming yolg‗on» xalq ertagidagi usul bilan amalga oshadi. Dandon sopli pichoqning sinishi bilan boshlangan voqea Adol opaning olamga tatiydigan o‗g‗ilchani dunyoga keltirgani bilan tugaydi. Natijada Shum bola bu yerdan ham quviladi, Sariog‗och bozorida do‗sti Omon bilan uchrashadi va ikkalasi boyning qo‗ylarini haydab yo‗lga 330 tushadi… Xulosa: hayotda imon-e‘tiqod bilan yashash lozim, halollik hamisha g‗alaba qozonadi. «Netay» «Yodgor» (1936) «Tirilgan murda» Abdulla Qahhor (1907 – 1968) Hayotiga doir muhim ma’lumotlar Abdulla Qahhor 1907-yil 17-sentyabrda Qo‗qonda dunyoga keldi. Otasi Abduqahhor temirchi tirikchilik o‗tkazish uchun Qo‗qon atrofidagi Buvayda, Yaypan, Oqqo‗rg‗on, Qudash, Olqor qishloqlarining biridan ikkinchisiga ko‗chib yurar, oila biror qishloqda uzoqroq qo‗nim topmasdi. Bo‗lajak yozuvchi dastlabki ma‘lumotni Buvaydadagi eski maktabda oldi. So‗ng Oqqo‗rg‗on qishlog‗idagi jadid maktabida tahsil ko‗rdi. Abdulla sho‗ro maktabi «Istiqbol»da, undan keyin internatda, so‗ng «Kommuna maktabi»da o‗qiydi; o‗zbek bilim yurtining «Namuna-tadbiqot» maktabida, nihoyat, bilim yurtining o‗zida o‗qishini davom ettiradi. Sal keyinroq Qo‗qondagi yotoqmaktabda o‗qidi. 1922 – 1924-yillarda Qo‗qondagi o‗qituvchilar tayyorlash texnikumida tahsil ko‗rdi. Abdulla Qahhor 1925-yili Toshkentga kelib, kechasi o‗qib, kunduzlari «Qizil O‗zbekiston» gazetasida ishladi. U 1930-yili O‗rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‗zMU)ning pedagogika fakultetini tugatdi. O‗qib yurgan kezlari «Mushtum» jurnalida, ko‗plab gazetalarda uning o‗nlab felyetonlari, hikoya va hajviyalari ketma-ket chop etiladi. Abdulla Qahhor 1968-yilning 25-may kuni vafot etdi va Toshkentdagi Chig‗atoy qabristoniga dafn qilindi. Uning vafoti to‗g‗risida rus adibi K.Simonov shunday yozadi: «Qahhor umuman jasoratli, mard kishi edi. Mening u haqdagi so‗nggi xotiram Qahhor shaxsiyatining mana shu xislati bilan bog‗liqdir». Poytaxtimizda adib yashab ijod etgan maskan bugungi kunda «Abdulla Qahhor uy- muzeyi»ga aylantirilgan. 331 O‗zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga qo‗shgan ulkan hissasi uchun Abdulla Qahhor «O‗zbekiston xalq yozuvchisi» unvoniga, mustaqillik davrida esa «Buyuk xizmatlari uchun» ordeniga munosib topilgan. Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling