327
8. Jadid adabiyotida tarjima sohasida qanday ishlar amalga oshirildi?
16. SHO‘RO DAVRI ADABIYOTI
16.1. G‘afur G‘ulom
(
1903 –
1966)
Hayotiga doir muhim ma’lumotlar
G‗afur G‗ulom 1903-yilning 10-may kuni Toshkentning Qo‗rg‗ontegi mahallasida
tug‗ildi. U endigina 9 yoshga kirganda, otasi G‗ulom Mirza Orif o‗g‗li vafot etadi. Oradan
olti yil o‗tar-o‗tmas bir etak bola mehribon onadan ham ayriladilar.
Ukalari va singillari
bilan yolg‗iz qolgan G‗afurning «qilmagan xizmati, tutinmagan ishi» qolmaydi. U oilani
boqish
uchun kosiblik, mixkorlik,
aravakashlik qiladi, bosmaxonalarda harf teruvchi
bo‗lib ishlaydi. Avval boshlang‗ich maktabda, keyin o‗sha paytda urf bo‗la boshlagan rus-
tuzem maktabida o‗qidi. Muallimlar tayyorlaydigan maktabni
ham bitirgach avval
o‗qituvchilik, so‗ng jurnalistlik qildi.
1923-yildan G‗afur G‗ulom yetim bolalar uyida tarbiyachi,
hatto bir muddat mudir
bo‗lib ham xizmat qiladi.
G‗afur G‗ulom o‗sha yillari «Kambag‗al dehqon», «Qizil O‗zbekiston», «Sharq
haqiqati» singari gazetalarda, «Mushtum» jurnalida uning yuzlab katta-kichik maqolalari,
felyetonlari bosiladi.
U Oybek va Hamid Olimjon bilan birga 1943-yili O‗zbekiston Fanlar
akademiyasining haqiqiy a‘zosi etib saylandi. G‗afur G‗ulom 1963-yili «O‗zbekiston xalq
shoiri» unvoniga sazovor bo‗ldi.
Adib 1966-yilning 10-iyunida og‗ir xastalik tufayli vafot etgan.
G‗afur G‗ulom 1999-yili O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov
farmoni
bilan «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi. 2003-yilning may oyida esa
G‗afur G‗ulom tavalludining 100 yilligi mamlakatimizda keng nishonlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: