Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

Ijodiy faoliyati 
Asosiy taxallusi (Fitrat) «tug‗ma tabiat», yana bir taxallusi (Mijmar) «xushbo‗y o‗t 
yoqiladigan cho‗gdon» degan lug‗aviy ma‘nolarni anglatadi. Adibning aql-u zakovatini 
rossiyalik, kavkazlik, turkiyalik va turkistonlik safdoshlari yuksak darajada qadrlashgan. 
Adabiy merosi boy va serqirra, janrlari jihatidan ham rang-barang. Vatanni 
«sajdagoh-u jon-u tan» singari sevib, keng miqyoslarda ilg‗or faoliyat ko‗rsatgan.  
 
I. Nasriy asarlari 
Fitrat 1909-yili dastlabki yirik asari, fors tilida yaratilgan «Munozara» (to‗liq nomi 
«Hindistonda bir farangi ila buxorolik mudarrisning jadid maktablari xususinda 
qilg‘an munozarasi»)ni Istanbulda e‘lon qiladi.

«Hind sayyohi qissasi» («Bayonoti sayyohi hindi», 1911 – 1912-
yillarda forsiy tilda yozilgan nasriy asari)

«Qiyomat» (bosh qahramoni Pochamir)

«Rahbari najot» (1915)

«Oila» (1916) 

«Begijon» (1916) 

«Mavludi sharif» (1916) 

«Abo Muslim» 

«Muxtasar islom tarixi» (1915) 

«O‗qu» (1917)


320 
II. Pyesalari 

«O‗g‗uzxon» 

«Chin sevish» (1920) 

«Abulfayzxon» (1924) 

«Shaytonning tangriga isyoni» (1924) 

«Arslon» (1926) 

«Vose‘ qo‗zg‗oloni»(1927)

«Hind ixtilolchilari» 
«Abulfayzxon» dramasi haqida 
Asar qahramonlari:
Abulfayzxon – Buxorodagi o‗zbek xonlarining so‗nggisi, 40 – 50 yoshlardaUlfat
xonning xojasaroyi (haram boshlig‗i), 40 – 50 yoshlarda; Davlat – to‗qsabo, xonning 
yaqin xizmatchilaridan; Qozi Nizom – Buxoroning qozikaloni, 50 – 60 yoshlarda; Oxun – 
Buxoroning katta mullasi (bu ikki shaxs rahbarlarga yaxshi ko‗rinish uchun shariat 
qoidalarini o‗zgartirishdan ham toymaydilar); Hakimbiy – xonning inog‗i, so‗ngra 
otalig‗i, 50 – 60 yoshlarda; Rahim qurchi – so‗ngra to‗qsabo, so‗ngra otaliq, 
Hakimbiyning o‗g‗li, 30 – 40 yoshlarda (Eron shohi Nodirshohga sotilgan xiyonatkor 
shaxslar); Mir Vafo – Rahimxon tarixiga bag‗ishlangan «Tuhfayi xoniy» asarining 
muallifi, Hakimbiyning odami, 50 – 60 yoshlarda; Doniyolbiy – Hakimbiyning ukasi, 40 
– 50 yoshlarda; Ibrohim inoq – so‗ngra otaliq, 60 – 70 yoshlarda (asar so‗ngida ko‗r 
bo‗lib qoladi); Tog‘ayqulbek – mang‗it beklaridan; Xo‘ja Kalon – mashhur xo‗jalardan; 
Nodirshoh – Eron shohi; Rizoqulixon – Nodirshohning o‗g‗li; Mirzo Mahdiy – shohning 
bosh kotibi; Aliqulixon, Husaynxon, Ahmadxon – Eronning qo‗shin boshliqlari; 
Abdumo‘minxon – Abulfayzxonning o‗g‗li, 15 yoshda (Rahimbiy tomonidan zaharlab 
o‗ldiriladi); Yo‘ldosh, Ergash – qalandar kiyimidagi tilchilar, Hakimbiyning odamlari. 

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling