Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15.4. Abdurauf Abdurahim o‘g‘li Fitrat ( 1886 – 1938 ) Hayotiga doir ma’lumotlar
VI. Tarjimalari
I.Franko: «Feruza» V.Shekspir: «Hamlet» A.S.Pushkin: «Boris Godunov», «Dubrovskiy» N.V.Gogol: «Tergovchi» L.Andreyev: «Osilgan yetti kishining hikoyasi» 317 M.Gorkiy: «Yegor Bulichev va boshqalar», «Ona» 15.4. Abdurauf Abdurahim o‘g‘li Fitrat (1886 – 1938) Hayotiga doir ma’lumotlar Abdurauf Fitrat Buxoro shahrida 1886-yili tavallud topgan. Uning otasi Abdurahimboy sarrof (pul maydalovchi, pul almashtiruvchi) va savdogar edi. Onasining ismi Bibijon (ayrim manbalarda Nastarbibi, ayrim manbalarda Mustafbibi deb aytiladi) bo‗lgan. Bu oilada Abduraufdan keyin yana ikki farzand tug‗ilgan – Abdurahmon va Mahbuba. Abdurauf shahardagi ko‗plab eski maktablardan birida, keyin mashhur Mir Arab madrasasida o‗qiydi. 18 yoshlarga yetganda bir muddat otasining ishlariga yordam beradi, u bilan birga haj ibodatiga ham boradi. 1904 – 1907-yillar oralig‗idagi ushbu safarlar davomida yosh Fitrat dunyoning Turkiya, Eron, Hindiston, Arabiston, Rusiya singari mamlakatlarini o‗zi uchun kashf qiladi. Bu sayohatlar uning dunyoqarashini kengaytirdi, o‗z yurtidagi ahvolga chetdan turib nazar tashlash imkoniyatini beradi. 1909-yili Abdurauf o‗zining bir necha hamshaharlari bilan birgalikda Istanbul (Turkiya)ga o‗qishga ketadi. 1913-yil oxirigacha Istanbuldagi «dorulmuallimin» – muallimlar gimnaziyasida tahsil oladi. Fitrat 1917-yil fevral inqilobidan keyin siyosiy harakatlarda faol qatnashdi. Buxoro jadidlarining «Yosh buxoroliklar» firqasiga sarkotib bo‗lib saylanadi. Fitrat 1917 – 1918-yillar oralig‗ida Samarqandda chop etiladigan «Hurriyat» gazetasiga bosh muharrir ham bo‗ladi. 1917-yil oktyabrida Rusiyada bolsheviklar tomonidan amalga oshirilgan davlat to‗ntarishini «Hurriyat» gazetasining 1917-yil 7-noyabr sonida: «Rusiyada yangi bir balo bosh ko‗tardi: bolshevik balosi!» – deb baholadi. 318 1918-yil bahorida Fitrat Toshkentga chaqirilib, maorif va madaniy ishlarga jalb qilindi, maktablarda, dorulfununda til va adabiyotdan saboqlar berdi. Fitrat shu yili Toshkentda «Chig‗atoy gurungi» deb nomlangan ilmiy-ma‘rifiy jamiyatni tashkil etadi. 1919-yil boshida Fitrat Toshkentda birinchi bor Cho‗lpon bilan uchrashdi. 1920-yil oxirlarida Fitrat Fayzulla Xo‗jayevning taklifi bilan Buxoroga qaytadi. Unga Fayzulla Xo‗jayev boshchiligidagi Buxoro hukumatining yirik lavozimlari ishonib topshiriladi. Fitrat va Fayzulla Xo‗jayev tashabbusi bilan o‗sha yillardayoq 60 nafardan ko‗proq yoshlar davlat yo‗li bilan Germaniyaga o‗qishga yuboriladi. 1921-yil mart oyidan e‘tiboran Buxoro Jumhuriyatida turk (o‗zbek) tili davlat tili deb e‘lon qilinadi. Buxoro teatri ish boshlaydi, ilmiy jamiyatlar tuziladi. Yosh, mustaqil jumhuriyatning bu yutuqlaridan xavotirga tushgan bolsheviklar Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling