Dilnavoz Yusupova


 Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

15.3. Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon 
(1898 – 1938) 
Hayotiga doir muhim ma’lumotlar 


314 
Abdulhamid Sulaymon o‗g‗li Cho‗lpon 1898-yili Andijonning Qatorterak 
mahallasida gazlama savdosi bilan shug‗ullanuvchi Sulaymonqul Muhammadyunus 
oilasida tug‗ildi. Otasi o‗z davrining ilg‗or kishilaridan bo‗lib, Rasvo taxallusi bilan hajviy 
she‘rlar ham yozgan.
Cho‗lponning onasi Oysha aya, garchi unchalik o‗qimishli bo‗lmasa-da, o‗g‗lining 
ijodiga katta ta‘sir ko‗rsatgan. Negaki u xalq qo‗shiqlari va ertaklarining bitmas 
xazinasidan yaxshigina xabardor bo‗lgan.
Cho‗lpon madrasa tahsilini ko‗rgach 1912 – 1914-yillarda rus-tuzem maktabida 
o‗qidi. 16 yoshida unga Munavvar qori Cho‗lpon – Tong yulduzi degan taxallus beradi.
Cho‗lpon oktyabr to‗ntarishidan so‗ng o‗lka bilim hay‘atida rais, «Buxoro axbori» 
gazetasida muharrir, «Turon» teatrida direktor, «Ishtirokiyun», «Qizil bayroq» va 
«Turkiston» gazetalarida tahrir hay‘ati a‘zosi va adabiy xodim (1920 – 1923-yillar) bo‗lib 
ishladi. 
Rossiyadagi siyosiy to‗ntarishlar davrida u bir muddat Orenburgda yashab, boshqird 
hukumati mahkamasida kotib lavozimida ishladi. So‗ng Toshkentga qaytib, 1920-yilga 
qadar TurkROSTA muxbiri bo‗ldi.
1923-yili Cho‗lpon Andijonda yangi chiqa boshlagan «Darxon» gazetasiga ishga 
yuboriladi. Bir yildan so‗ng gazeta yopilgach, u Toshkentga qaytib keladi.
Shu vaqtda milliy professional teatrni shakllantirish uchun yigirma to‗rt nafar 
iste‘dodli o‗zbek yoshlari Moskvaga o‗qishga yuboriladi. O‗qish Moskvadagi hali 
mustaqil davlat hisoblangan Buxoro maorif uyi qoshidagi teatr-studiyada tashkil etilgandi. 
Rus tili va adabiyotini chuqur biladigan Cho‗lpon 1924-yili Moskvaga ketadi va shu 
dramstudiyada tarjimon va dramaturg bo‗lib ishlaydi, V.Bryusov nomidagi adabiyot 
institutda saboq olgan.
Madaniyat xodimlarining 1927-yil oktyabrida Toshkentda bo‗lib o‗tgan II 
qurultoyida Cho‗lpon ijodi «... g‗oyaviy tuturuqsiz» ekanligi respublikaning rahbarlaridan 
biri Akmal Ikromov tomonidan ta‘kidlangach, shoir deyarli yakkalanib qoladi.
Cho‗lponga nisbatan siyosiy-mafkuraviy zug‗um yanada kuchaygani uchun shoir 
1932-yili Moskvaga ko‗chib ketadi.


315 
Toshkentga qaytgach, hibsga olinib, 40 yoshga to‗lgan Cho‗lpon 1938-yil 4-
oktyabrda Toshkentda otib tashlandi.

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling