Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15.2. Abdulla Qodiriy ( 1894 – 1938 ) Hayotiga doir muhim ma’lumotlar
Asar qahramonlari:
Davronbek – musulmon advokat, 24 yoshda, Xudoyberdi – yer sotgan chol, qulog‗i kar, 55 yoshda; Xushvaqt – ot yo‗qotgan tojik, 30 yoshda; Haydarali – mol yo‗qotgan duduq, 24 yoshda; Rapoil – nasiyag‗a mol sotgan chol, 60 yoshda; Egamberdi – to‗y qilub 310 qarzdor bo‗lg‗on arobakash, 35 yoshda; Mehriniso – eri bilan urishub ajrashmoqchi bo‗lgan xotun, 32 yoshda. «Pinak» «Biz va Siz» «Ikki muhabbat» «Portugaliya inqilobi» She‘rlaridan namunalar Na xo‘rliq, na qasolat? – Doimo afgor biz, millat, Hama gul dasta qilsa, ne terarmiz? – Xor, biz, millat. Biling, o‘g‘lonlarim, sizlarni g‘amdan qutqarur maktab, Siroti mustaqim, rohi adamdan qutqarur maktab. Tug‘ub o‘sdim bu Vatanda, Vatanim misli yo‘q jahonda! Tufrog‘lari o‘sumlikdur, Manzarasi ko‘rumlikdur. Umrini sarf etmish ota-bobolar, Chekmish ilm uchun jabr-u jafolar, Bizlar ham bo‘lmayluk baxti qarolar, Bitsun, yo‘qolsun bu kayf-u safolar. Ey millat, uxlama, ilm olur chog‘i, Har millat ilm oldi – yondi chirog‘i. Maktabdur oftobi jahon saodating, Maktabdur osmoni zamon sabovating. Sening isming bu dunyoda muqaddasdur, 311 Har kim sening qadring bilmas – aqli pas(t)dur («Vatan» she’ridan). 15.2. Abdulla Qodiriy (1894 – 1938) Hayotiga doir muhim ma’lumotlar Abdulla Qodiriy 1894-yil 10-aprelda Toshkent shahrining Samarqand darboza mavzeyida «bog‗bonlik bilan kun kechirguchi bir oilada...» tug‗ilgan. U dastlab eski usul maktabda, so‗ng yangicha xat-savod chiqaradigan rus-tuzem maktabida o‗qiydi. 12 yoshlarida bir boy savdogarga xizmatga yollanib, yozuv-chizuv ishlari bilan mashg‗ul bo‗ladi. 1912-yili rus-tuzem maktabini muvaffaqiyatli tugalladi. 1914-yili Abulqosim madrasasiga o‗qishga kirdi. Rossiyaning turli shaharlaridan keladigan va bevosita Toshkentning o‗zida ham milliy ziyolilar tomonidan nashr etiladigan gazeta va jurnallar bilan tanisha boshlaydi. «Shu miyonalarda bozor vositasi bilan tatarlarda chiqadirg‗on gazetalarni o‗qib, dunyoda gazeta degan gap borlig‗iga imon keltirdim. 1913-yili o‗zbekcha «Sadoyi Turkiston», «Samarqand», «Oina» gazetalari chiqa boshlag‗och, menda shularga gap yozib yurish fikri uyg‗ondi», – deydi adib. 1918-yili Eski shahar oziq komiteti sarkotibi etib tayinlandi. Jurnalistlika bilan faol shug‗ullandi. 1919-yili «Oziq ishlari» gazetasiga muharrir etib tayinlanadi; so‗ngra «Ro‗sta» gazetasiga muxbir, «Ishtirokiyun» va «Qizil bayroq» gazetalarida xodim, «Inqilob», «Kommunist yo‗ldoshi» majmualarida sarkotib va xodim bo‗lib ishlaydi. 1924 – 1925-yillarda Moskvadagi Oliy adabiyot institutida ta‘lim oldi. 1926-yili «Mushtum» jurnalida bosilgan «Yig‗indi gaplar» hajviyasida hayotdagi kamchiliklar, hukumat kishilari haqidagi beozor kulgi, hazil uchun aksilinqilobiy harakat qilganlikda ayblanib qamoqqa olinadi. 1937-yili Abdulla Qodiriy «xalq dushmani» degan tuhmat bilan qamoqqa olinib, uzoq qiynoq va so‗roqlardan so‗ng 1938-yil 4-oktyabrda otib o‗ldiriladi. 312 XX asrning 50-yillari oxiri – 60-yillarida Abdulla Qodiriy nomi oqlanib, asarlari nashr etila boshladi, filmlar suratga olindi. Istiqlolning ilk yillaridayoq Abdulla Qodiriy birinchi bo‗lib «Mustaqillik» ordeniga munosib ko‗rildi. Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling