Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy asarlari
- 13.5. Zavqiy
- « Hajvi ahli rasta »
«Sabog‘a xitob» (masnaviy, 1891-yil Istanbulda yozilgan, 280 misra)
Publitsistikasi «Turkiston viloyati gazeti»ga yozgan qator xabarlari, maqolalari Nasriy asari «Xo‗qandlik shoir Zokirjon Furqatning ahvoloti. O‗zi yozg‗oni» («Furqatnoma» yoki «Sarguzashtnoma», 1891, «Turkiston viloyati gazeti») Tarjimalari «Hammomi xayol» «Chor darvesh» «Nuh manzar» Ilmiy asarlari 304 «To‗y tavsifi» «Gap ta‘rifida» «Aza tavsifi» «Ilmi ash‘orning qoidayi avzoni» (She‘r ilmining o‗lchov qoidalari, aruz vazni haqida, adabiyotga havaskorlar uchun qo‗llanma) 13.5. Zavqiy (1853 – 1921) Ubaydulloh Zavqiy 1853-yili Qo‗qon shahrining Qatag‗on dahasiga qarashli Shayxon mahallasida mahsido‗z kosib Muhammad Solih oilasida dunyoga kelgan. Bo‗lajak shoir dastlab mahallasidagi maktabda o‗qigan, so‗ng 1870 – 1874-yillarda shoirtabiat tog‗asi Muhammad Siddiq yordamida «Madrasayi Oliy» va «Madrasayi Chalpak»da tahsil ko‗rgan. Ayni vaqtda, ota kasbi mahsido‗zlikni o‗rganadi. Onasining vafot etishi, otasining falaj bo‗lib qolishi sababli ota kasbi – kosiblik bilan ro‗zg‗or tebratadi. Ma‘lum muddat Qo‗qon poyabzal rastasining xo‗jayini Mo‗minboy qo‗lida mirzalik ham qilgan. Shu xizmat taqozosi bilan Samarqand, Buxoro, Marg‗ilon, Andijon, O‗sh, Namangan, Xo‗jand, Toshkent kabi shaharlarda bo‗ladi. O‗sha paytlarda u Muqimiy, Muhyi, Furqat, Nisbat, Muhayyir kabi taniqli shoirlar bilan tanishdi, ular bilan adabiy majlislarda, mushoaralarda ishtirok etdi. 1890-yili tog‗asi Muhammad Siddiq bilan birga haj safariga chiqib olti oy davomida Turkiya va Arabiston mamlakatlarida bo‗ladi. Haj safaridan qaytgan shoir ota kasbini davom ettiradi va umrining oxirigacha badiiy ijod bilan shug‗ullanadi. Haqgo‗yligi tufayli Zavqiy 1905-yilning avji yozida savdoda harom yo‗liga o‗tgan 46 kishini fosh etib bitilgan «Hajvi ahli rasta» she‘rini maxsus qog‗ozga katta harflar bilan yozib Mo‗ymarak ataluvchi sayilgohning eng gavjum joyidagi terakka ilib qo‗yadi. She‘r quyidagi baytlar bilan boshlanadi: Arzim buki Qori sumalakka, Yetkursa boshini ham falakka. 305 Gah-gah nazora aylasin ul Ibrat ko‘zi birla bu samakka. She‘rda xo‗rak uchun to‗rt tepki yegan Jalilboy ismli Sallohbachcha, qora eshak deb ta‘riflangan Shokir qora, oshqovoq xamakka o‗xshaydigan, bankka pul kelmasa, karnay chaladigan Nazirbek, Kofircha laqabli, ovozi hangrashga moyil Ahmadjon, to‗n-u salla kiyib yuradigan gungalak A‘lamni(ng) o‗g‗illari Olimjon, kuzda ahvoli og‗irlashadigan, sil yuzli oriqqina Muhiddin, Fozilxo‘ja degan oqfurush, Qorako‗lga handalak sayliga olib boradigan, Usmonchaning soatini taqib yuradigan Qosim oxund, baroq desa ko‗ppakka o‗xshaydigan Mavlon eshigidagi ota Fozil, jun jiyak sotish uchun kir ko‗ylak kiyadigan Umarjon, chinni bila choy sotadigan Jalolxon, boyo‗g‗liga o‗xshash Mirhamza Kichkinajon, ikkita pufakka o‗xshaydigan Iqonbachcha bilan Bulbul o‘g‘li, muallifning unga gapirishga toqati yo‗q bo‗lgan Hoji Hasan degan zakiy ta‘b, muallif bilan oshno Nusrat tentak, qattiqligi danakka o‗xshaydigan so‗fini(ng) bolasi Abduqodir, Kamakka pand beradigan Hoji kasal o‗g‗li bodraftor ayyor, bodparakka o‗xshab uchadigan Qosim shamol, semirmasa katta zambarakka o‗q bo‗ladigan Ortiqbacha, uning burni sumak, og‗zi tuvakka o‗xshaydigan akasi, chelakka ovqat solib ichadigan Xo‘jabachcha, Xitoy tabibi deb nom olgan Yo‘ldosh, kurkurakka ustoz bo‗lgan ellikboshi o‗g‗li mokiyanboz, sinchalakka o‗xshaydigan Qoribacha, voyvayakka o‗xshash Farzinbacha, malaklar naslidan bo‗lgan Qozi qizi, ming marta kurakka chap beradigan suyuq Abdullahoji, ko‗knor ta‘sirida 3 kun uxlaydigan «slepoy eshak» deb ta‘riflangan ko‘r Meli, osh yeb, og‗zini patakka artadigan, gap ta‘sir qilmaydigan Mo‘minshoh, Toshkent o‗tag‗asi Fayzi shayton, o‗lmay turib kesakka o‗xshaydigan «izvesni vagonchi tund ko‗r, slepoy durak» Odil kabi amaldorlarning nomlari keltirilgan. Ismi-sharifi keltirilganlar shahar hokimiga ariza berib shoirning ustidan ish qo‗zg‗atishga erishadilar. Uzoq davom etgan tergovlardan so‗ng Zavqiy yuz so‗m jarima to‗lab qamoqdan qutulib qoladi. Zavqiy 1921-yili ikki oy davom etgan og‗ir kasallikdan so‗ng 68 yoshida vafot etadi. Respublikamizda 2003-yili Zavqiy tavalludining 150 yilligi nishonlandi. Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling