Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

Qit’a 

Sipohi pora istar, mulla ijora istar,
Bechora chora istar, bir chora zamon bormu?
 
Navoiyga muxammas 

Dil ishqinga mubtalo bo‘lubdur, 
Ham rasmi vafo ongo bo‘lubdur, 
Oini jafo sango bo‘lubdur, 
Ko‘zing ne balo qaro bo‘lubdur 
Kim, jong‘a qaro balo bo‘lubdur… 
 
Musamman 

Har odamning talab yo‘lida gar ixlosi komildur, 
Gumonsiz jumlayi maqsud birla komi hosildur, 
Aning sha’nida go‘yo oyati tasdiq nozildur, 
Ramuzi ishqkim rohi haqiqat sori shomildur 
Ki, ulvi manzilatlar zumrayi ushshoqa doxildur, 
Bihamdillah, bu sirdin bulhavaslar xayli g‘ofildur, 
Murod shohidining vaslig‘a sidq ahli vosildur, 
Sadoqat fayzini bilgan kishi dono-vu oqildur… 
13.3. Muhammad Aminxo‘ja Muqimiy 
(1850 – 1903) 


297 
1836-yili Qo‗qonga ko‗chib borib o‗rnashib qolgan toshkentlik novvoy Mirzaxo‗ja 
Mirfozil o‗g‗lining farzandi Muhammad Aminxo‗ja Muqimiy 1850-yili Qo‗qonda 
Bekvachcha mahallasida tug‗ildi. Onasi Bibioysha xo‗jandlik bo‗lgan. Ularning 
Muhammad Aminxo‗jadan tashqari Tojinisa, Ulug‗bibi, Saydinisa, Mehrinisa degan to‗rt 
qizlari bor edi.
Muhammad Aminxo‗ja mahallasidagi mulla Abduxalil domla maktabida xat-savod 
chiqargach otasi, moddiy qiyinchilikka qaramay, yolg‗iz o‗g‗lining chuqurroq ilm olishini 
istaydi. Muqimiy 1864-yili Qo‗qondagi Hokim oyim madrasasiga o‗qishga kiradi. 1867-
yili onasi vafot etadi. Otasi Ziyodabibi ismli bir ayolga uylanadi. 1873-yili madrasani 
bitirgan Muhammad Aminxo‗ja o‗qishni davom ettirish uchun Buxoroga yo‗l oladi. U 
1876-yilgacha Buxorodagi Mehtar oyim madrasasida o‗qiydi. Shu yili uni o‗gay onasi 
Ziyodabibining avvalgi turmushidan bo‗lgan Sanambibi ismli qiziga uylantiradilar.
1877-yili Muhammad Aminxo‗ja tirikchiligini o‗tkazish uchun Qo‗qondagi yer 
qurilish mahkamasiga mirzalik vazifasiga ishga kiradi. Sirdaryo bo‗yidagi Oqjar paromiga 
pattachi bo‗lib ishga o‗tadi.
U badiiy zavqdan mahrum, adabiyotdan uzoq, o‗zini tushunolmaydigan Sanambibi 
bilan uzoq yashay olmadi. 1879-yili ular ajrashdilar. Shoirning ayoli o‗g‗illari 
Akbarxo‗jani onasi Ziyodabibiga qoldirib, boshqaga turmushga chiqib ketdi. 1886-yili 
shoirning otasi ham vafot etadi. Muhammad Aminxo‗ja XIX asrning 70-yillari oxiridan 
e‘tiboran to‗lig‗icha badiiy ijodga beriladi. «Muqimiy» taxallusi bilan she‘rlar yozib 
dovruq qozonadi.
Muqimiy 1887 – 1888-yillarda Toshkentga kelib, olti-yetti oy turadi. Ota 
qarindoshlari bilan uchrashadi. Almaiy, Nodim Namangoniy singari adiblar bilan tanishib, 
yaqindan aloqa bog‗laydi. Muqimiy hamisha iqtisodiy tanglikda yashagani uchun ham 
1886-yili otadan qolgan hovlini sotib, o‗g‗li Akbarxo‗ja bilan «Hazrat» madrasasidagi bir 
hujraga ko‗chib o‗tishga majbur bo‗lgan. Kishilar uchun xat yozib, kitob ko‗chirib, 
shundan keladigan daromad hisobiga kun kechirgan. Azaldan xati chiroyli shoirning 
mijozlari ko‗p edi. U o‗z vaqtida zamonasining yetuk xattoti Muhammad Yusufdan 
maxsus saboq ham olgandi. Muqimiyning 1892 – 1899-yillar orasida ikki marta 
Toshkentga kelib-ketgani ma‘lum. Toshkentga qilingan sayohat shunchaki yaqinlarni 


298 
ko‗rishgina bo‗lmay, balki yangi madaniyat, yangi turmush, yangicha qarashlar bilan 
tanishish ham edi.
Sariq kasaliga yo‗liqqan Muqimiy 1903-yilning 25-mayida madrasadagi hujrasida 
vafot etadi.


Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling