Dilnavoz Yusupova
MA’RIFATCHILIK DAVRI ADABIYOTI
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
13. MA’RIFATCHILIK DAVRI ADABIYOTI
13.1. Muhammadniyoz Komil (1825 – 1899) Muhammadniyoz Komil 1825-yili Xiva shahrida tug‗ildi. Otasi Abdulla oxund madrasa mudarrisi bo‗lib, Muhammadniyoz (xorazmcha aytilishi Matniyoz)ni avliyo shoir Pahlavon Mahmudga hurmati tufayli «Pahlavon» deb atashardi. Komil boshlang‗ich maktabni bitirgach madrasada tahsil ko‗radi. U yerda shar‘iy ilmlarni, arab va fors tillarini chuqur o‗rganadi hamda bu tillardagi adabiyot namunalari bilan tanishadi. Uning fors tilida ham talay she‘rlar yozganligi ma‘lum. Otasining to‗satdan vafot etib qolishi sababli Muhammadniyoz madrasadagi saboqlarni to‗xtatib, bobosi savdogar Xo‗jash Mahram xizmatiga kiradi. Oilaning tirikchiligini ma‘lum darajada yaxshilab olgach madrasa ta‘limini davom ettiradi. 1856-yili taxtga o‗tirgan Said Muhammad Rahimxon iste‘dodli kishilarni o‗z atrofiga to‗play boshladi. Shular qatorida Muhammadniyoz Komil ham saroyga taklif etilib, xattotlikka tayinlandi. Salkam o‗n yil mobaynida xattotlik qilgan shoir 1865-yili mamlakat tepasiga Muhammad Rahimxon II kelgach, mirzaboshilik lavozimiga ko‗tariladi. 1873-yil ko‗klamida chor qo‗shinlari bilan bo‗lgan janglarda mag‗lub etilgan Xiva xonligi Rossiya imperatorining vassaliga aylandi. 1873-yilning 29-mayida poytaxt Xiva bosqinchilar tomonidan ishg‗ol qilingach, harbiy qarshilikni davom ettirish befoydaligini anglagan siyosatchilardan biri Komil edi. 1873-yil 12-avgust kuni xonning ruslar qarorgohiga aylantirilgan Gandimiyon degan bog‗ida «Tinchlik shartnomasi» deyiluvchi sulh tuzildi. Shartnoma matni Komilning o‗z 293 qo‗li bilan yoziladi. Tarixda bu hodisa «Gandimiyon sulhi» degan nom bilan qolgan. Komilni xon devonbegi qilib tayinlaydi. Komil Xorazmda ham fan-texnika yutuqlarini joriy qilishga urindi – 1874-yili Muhammad Rahimxon II (Feruz) rahnamoligida Xivaga kitob bosishga kerakli uskunalarni keltirib, poytaxtda toshbosma usulda kitob chop etishni yo‗lga qo‗ydirdi. Ayni vaqtda, ajdodlarning xattotlik san‘ati ham rivojlantirildi. Komil yetakchiligida alohida xattotlik maktabi vujudga keldi. 1880-yili Komil devonbegi mansabidan tushirilib, mirzaboshi qilib tayinlandi. Komil Peterburg va Moskvaga bir necha marta safar qiladi. U 1883-yili Muhammad Rahimxon II bilan hamrohlikda birinchi marta Moskva va Peterburgga boradi. Komil Peterburg va Moskvadan kuylarning notaga qarab chalinishini ko‗radi, Xivaga qaytgach «Xorazm notasi» yoki «Tanbur notasi» deb ataluvchi o‗z nota tizimini yaratadi. Tanburda chalingan ma‘lum bir o‗zbekcha kuy shu nota asosida qog‗ozga ko‗chirilardi. Komilning o‗g‗li Muhammad Rasul keyinchalik bu notani yanada takomillashtirib Xiva «Shashmaqom»ini notaga to‗liq ko‗chiradi. Komil 1891- va 1896 – 1897-yillarda Toshkentda ham bo‗lgan. Shoir yangicha turmush ta‘siriga ko‗proq berilgan Toshkentdagi hayot haqida qiziqish bilan yozadi. Bu davrda ancha keksayib qolgan Komilning sog‗lig‗i ancha yomonlashadi va 1899-yili dunyodan o‗tadi. Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling