291
Kaykovus ibn Vushmagir: «Qobusnoma»
Sa‘diy Sheroziy: «Guliston»
Nizomiy Ganjaviy: «Haft paykar» (Yetti go‗zal)
Amir Xusrav Dehlaviy: «Hasht behisht» (Sakkiz jannat)
Badriddin Hiloliy: «Shoh va gado»
Husayn Voiz Koshifiy: «Axloqi muhsiniy» (Yaxshi xulqlar)
Jomiy: «Salomon va Ibsol», «Bahoriston», «Yusuf va Zulayxo»
«Zafarnoma», «Tabaqoti Akbarshohiy»
«Zubdat ul-hikoyot» (Hikoyalar qaymog‗i)
Zayniddin Vosifiy: «Badoye‘ ul-vaqoye» (Go‗zal voqealar)
Ogahiyning tarixiy asarlari
«Riyoz ud-davla» (Jannat bog‗lari) 1844-yili yozilgan. Xiva xonligida 1825 – 1843-
yillarda Olloqulixon zamonasida yuz bergan tarixiy voqealar yoritilgan.
«Zubdat ut-tavorix» (Tarixlar qaymog‗i) 1845 – 1846-yillarda yozilgan bo‗lib,
1843 – 1846-yillarda hukmronlik qilgan Rahimqulixon davri voqealarini aks ettiradi.
«Jome ul-voqeoti sultoniy» (Sultonlarga doir voqealar to‗plami) 1856 – 1857-
yillarda yozilgan. 1846 – 1855-yillarda hukmronlik qilgan xonlar: Muhammad Aminxon,
Abdullaxon, Qutlug‗murod davri voqealarini tasvirlaydi.
«Gulshani davlat» 1856 – 1865-yillarda saltanat
surgan Sayyid Muhammad
Bahodirxon davri voqealariga bag‗ishlangan.
«Shohidi iqbol» «Feruz» taxallusi bilan she‘rlar
yozgan mashhur Muhammad
Rahimxoni Soniy (II)ning taxtga chiqishidan 1872-yilgacha bo‗lgan davr yoritilgan.
Savol va topshiriqlar:
1. Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodiy faoliyati haqida nimalarni
bilasiz?
2. Muhammad Solihning «
Shayboniynoma»
dostonida temuriy hukmdorlar va
Shayboniyxon shaxsiyati qanday tasvirlangan?