Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

Ogahiy tarjimalari 


291 

Kaykovus ibn Vushmagir: «Qobusnoma»

Sa‘diy Sheroziy: «Guliston» 

Nizomiy Ganjaviy: «Haft paykar» (Yetti go‗zal)

Amir Xusrav Dehlaviy: «Hasht behisht» (Sakkiz jannat) 

Badriddin Hiloliy: «Shoh va gado» 

Husayn Voiz Koshifiy: «Axloqi muhsiniy» (Yaxshi xulqlar)

Jomiy: «Salomon va Ibsol», «Bahoriston», «Yusuf va Zulayxo»

«Zafarnoma», «Tabaqoti Akbarshohiy»

«Zubdat ul-hikoyot» (Hikoyalar qaymog‗i) 

Zayniddin Vosifiy: «Badoye‘ ul-vaqoye» (Go‗zal voqealar) 

Ogahiyning tarixiy asarlari 

«Riyoz ud-davla» (Jannat bog‗lari) 1844-yili yozilgan. Xiva xonligida 1825 – 1843-
yillarda Olloqulixon zamonasida yuz bergan tarixiy voqealar yoritilgan.

«Zubdat ut-tavorix» (Tarixlar qaymog‗i) 1845 – 1846-yillarda yozilgan bo‗lib, 
1843 – 1846-yillarda hukmronlik qilgan Rahimqulixon davri voqealarini aks ettiradi.

«Jome ul-voqeoti sultoniy» (Sultonlarga doir voqealar to‗plami) 1856 – 1857-
yillarda yozilgan. 1846 – 1855-yillarda hukmronlik qilgan xonlar: Muhammad Aminxon, 
Abdullaxon, Qutlug‗murod davri voqealarini tasvirlaydi.

«Gulshani davlat» 1856 – 1865-yillarda saltanat surgan Sayyid Muhammad 
Bahodirxon davri voqealariga bag‗ishlangan.

«Shohidi iqbol» «Feruz» taxallusi bilan she‘rlar yozgan mashhur Muhammad 
Rahimxoni Soniy (II)ning taxtga chiqishidan 1872-yilgacha bo‗lgan davr yoritilgan.
Savol va topshiriqlar: 
1. Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodiy faoliyati haqida nimalarni 
bilasiz? 
2. Muhammad Solihning «Shayboniynoma» dostonida temuriy hukmdorlar va 
Shayboniyxon shaxsiyati qanday tasvirlangan? 


292 
3. Xojaning hikoyat janri taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi haqida so‘zlab bering.
4. Qo‘qon xonligidagi shoirlar faoliyatiga to‘xtaling.
5. Buxoro adabiy muhiti vakillari bo‘lgan shoirlar haqida nimalarni bilasiz? 
6. Munisning adabiy merosi haqida ma’lumot bering.
7. Ogahiyning tarixiy va tarjima asarlari haqida gapirib bering.
8. Ogahiy va Munis devonlarining qanday xususiyatlari mavjud? 

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling