Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13.2. Avaz O‘tar
She’rlaridan namunalar
G‘azallar Ne sud ochilsa gul, o‘lsa bahor g‘urbat aro, Mengaki bo‘lmasa yor-u diyor g‘urbat aro. Emas kishig‘a bu dunyoda mulk-u mol kamol, Husuli ilm-u hunar keldi bezavol kamol. Har necha aylabon izhor fasohat shuaro, Sochar elga duri rayoyi balog‘ati shuaro. Yutubon bu zamonda qon fuzalo, 294 Kulfat o‘qig‘adur nishon fuzalo. Yuz-u xoling g‘amidin gar emasdur notavon lola, Nedin bo‘lmish hamisha siyna dog‘-u bag‘ri qon lola. Ko‘rmamish sandek jahonda hech bir gulzor, gul Kim, sanga bordur badan gul, jabha gul, ruxsor gul. Manzilim chun bo‘ldi ushbu yil diyori Toshkand, Jon-u ko‘nglim doim istar xor-xori Toshkand. 13.2. Avaz O‘tar (1884 – 1919) Avaz O‗tar o‗g‗li 1884-yil 25-avgustda Xiva shahrida hunarmand oilasida tug‗ilgan. Otasi Polvonniyoz O‗tar Gadoyniyoz o‗g‗li sartarosh edi. Otasi Avazni sakkiz yoshida maktabga beradi. Avaz maktabdan keyingi tahsilni madrasada davom ettiradi. U Xo‗ja Hofiz, Nizomiy, Jomiy, Lutfiy, Navoiy, Fuzuliy ijodini qiziqib o‗rganadi. Munis, Ogahiy, Komil, Feruz kabi shoirlar bilan muloqotda bo‗ladi. Avaz O‗tar o‗n to‗rt yoshlaridayoq she‘r yozishga kirishgan, o‗n sakkiz yoshlarida yetuk shoir nomini olgan. U haqdagi xabarlar xon saroyigacha yetib boradi. Uni saroyga taklif etadilar. Shoir bir qancha vaqt Xiva xoni saroyida ijod qiladi. Saroydagi uning she‘rlariga hasad bilan qaragan ayrim kimsalar turli bo‗htonlar to‗qib Avazni xonga yomon ko‗rsatadilar. Xonning buyrug‗i bilan shoirni 200 darra urib jazolaydilar, aqldan ozganga chiqaradilar. Shundan so‗ng sartaroshlik bilan tirikchilik qila boshlaydi, ijod bilan qizg‗in shug‗ullanadi. Xiva xoni Muhammad Rahimxon II vafotidan so‗ng otasi o‗rniga taxtga o‗tirgan Isfandiyorxon ham unga zulm qiladi, sog‗lig‗i nochor bo‗lgan Avazni bog‗lab 50 darra urdiradi. Shu tariqa u o‗ttiz besh yoshida vafot etadi. Avaz O‗tar g‗azal, muxammas, masnaviy, mustazod, ruboiy, qit‘a kabi janrlarda ijod qilgan. Tuzgan devoniga «Saodat ul-iqbol» deb nom bergan. Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling