She’rlaridan namunalar
Oshiq bo‘libman, ey yori jonim,
Vaslingni izlab yo‘qdir majolim.
Ohkim, afsus, emas hech ishda rahbar toleyim,
Vojgundur, imtihon qildimki, aksar toleyim.
Oshiq ermasman yuzingga yakka bu Farg‘onada,
Zohid istar ka’balarda, barhaman butxonada.
Arzimni aytay bodi sabog‘a,
Shoyad, gapurgay ul gulqabog‘a.
Mumkin o‘lsa ko‘rmog‘im, ey sarvi ra’no, surating,
Aylasa chashmim aro mardum kabi jo surating.
Hech kim mendek, ilohi, yoridan ayrilmasun,
Mehribon, munis o‘shal dildoridan ayrilmasun.
Navbahor. Ochildi gullar, sabza bo‘ldi bog‘lar,
Suhbat aylaylik, kelinglar, jo‘ralar, o‘rtoq’lar.
Murabba’
299
Emdi sendek, jono, jonon qaydadur,
Ko‘rib gul yuzingni bog‘da bandadur,
Saqlay ishqing toki jonim tandadur,
O‘ zim har joydaman, ko‘nglum sandadur.
Podshoh yo‘qlatsalar nogah, gado deb axtaring,
Tutmang hargiz nomimi, baxti qaro deb axtaring ( tazod san’ati) .
«Tanobchilar»dan
Bo‘ldi taajjub qiziq hangomalar,
Arz etayin emdi yozib nomalar…
O‘n ikki oyda keladur bir tanob,
O‘zgalara rohat-u menga azob.
Sulton Ali Xo‘ja, Hakimjon ikav,
Biri xotun, birisi bo‘ldi kuyav.
«Maskovchi boy ta’rifida»dan
Hikoyat qilay, turfa davron ekan,
Xaloyiq hama mahv-u hayron ekan.
Chiqib yangi moskovchidin boylar,
Sinar o‘tmayin ba’zisi oylar.
Xususanki, eshoni Xodixo‘jam,
Yo‘q og‘zida qarzini vahmida nam.
300
Do'stlaringiz bilan baham: |