313
«Baxtsiz kuyov»
V. Qissalari
«Kalvak Maxzumning xotira daftaridan» (hajviy yo‗nalishda)
«Toshpo‗lat tajang nima deydi?» (hajviy yo‗nalishda)
«Obid ketmon» (jamoalashtirishga bag‗ishlangan)
VI. Romanlari
«O‗tkan kunlar» – 1917 – 1918-yillardan material yig‗ildi, 1919-yildan
yozila boshlandi. 1922-yili romanning dastlabki boblari «Inqilob» jurnalida chop
etildi. 1925-yili romanning bo‗limlari alohida-alohida
uch kitob tarzida, 1926-
yili esa «O‗tkan kunlar» yaxlit asar sifatida bosilib chiqdi.
«Mehrobdan chayon» (1928).
VII. Yozishni rejalashtirgan romanlari:
«Amir Umarxonning kanizagi»
«Namoz o‗g‗ri»
«Dahshat»
Qodiriy va uning ijodi xususida fikrlar
Abdulla Qahhor: «
Abdulla Qodiriy... yangi davr adabiyoti, Yevropa adabiyoti gazi
bilan o‘lchaganda ham to‘laqonli asarlar yozgan, o‘zbek romanchiligini boshlab bergan
ulkan adibdir», – deb yozadi.
Qodiriyni Oybek «
qalbi butun», o‗ziga
xos shaxs deb ataydi, uni «
tug‘ma epik
yozuvchi, keng ko‘lamdagi master, yuksak ma’nodagi realist san’atkor» deya ta‘riflaydi.
Oybek Qodiriyning «Uloqda» nomli hikoyasiga yuksak baho beradi: «
Uloqda»
hikoyasida
tashviqotchining, voizning o‘rnini san’atkor oladi. Yozuvchi bu asarda voqealar ustida
muhokama qilmaydi, tushuntirmaydi, isbot qilmaydi, balki obrazlar bilan ko‘rsatadi. Bu
hikoyada ham foydasiz odatlarni qoralaydigan ma’lum «
axloq»
, «
ibrat»
bor, lekin bu
axloq turtib chiqmaydi»
.
Do'stlaringiz bilan baham: