306
to‗plam va bayozlarga kiritilgan. Hayotlik chog‗ida she‘rlari kitobga jamlanmagan. Uning o‗z
qo‗li bilan tuzgan devoni vafotidan so‗ng, 1930-yili turmush o‗rtog‗i
Xayrunniso tomonidan
Qashqarga olib ketilgan. Hozir bu devon Zavqiyning Xitoy Xalq
Respublikasida yashayotgan
avlodlari qo‗lida saqlanmoqda. Yurtimizda shoirning asarlari 1958- va 1960-yillarda ikki marta
nashr etilgan.
She’rlari
«Ajab zamona»
«Qahatchilik»
«Zamona kimniki»
«Veksel»
«Ta‘rifi kalish»
«Otim»
«Fonus»
«Pashshalar»
«Sayohatnoma»
G‘azallaridan namunalar
Nazokat ortturay desang misoli g‘uncha xomush bo‘l,
Nadinkim og‘zini to ochdi gul, bargi xazon bo‘ldi.
Ahli dil bo‘lma, zamonning boyi bo‘l, bazzozi bo‘l!
Aqchadin langar cho‘p ushlab rastaning dorbozi bo‘l!
Shoir muxammaslari
Yuzingni ko‘rsatib avval o‘zungga bandalar qilding,
Yana ko‘nglum olib, yuz noz birla xandalar qilding,
Jamoling partavin solib ajoyib jilvalar qilding,
Masihdek bir boqishda murda jismim zindalar qilding,
«
Senga men to qiyomat oshno»
deb va’dalar qilding.