Dilnavoz Yusupova


«Shohimardon xotirasi» sayohatnomasidan


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

«Shohimardon xotirasi» sayohatnomasidan 

Bu ravzaga kimki kelib
Bir kechasi mehmon ekan,
Umrida bir ko‘rgan kishi
O‘lganda bearmon ekan.
Eslatma: 
Zavqiy «Sayohatnoma»sining Muqimiy «Sayohatnoma»sidan asosiy farqi uning har 
to‗rtinchi misrasida «ekan» radifidan oldin keluvchi qofiyada (masalan, mehmon-
bearmon...) raviy «n» harfidir. Muqimiyda esa raviy «r» va «ng» harflaridan iborat.
Savol va topshiriqlar: 
1. Qaysi ijodkorning adabiy merosi mumtoz adabiyot va ma’rifatchilik adabiyoti 
o‘rtasidagi ko‘prik vazifasini o‘taydi? 
2. Furqatning adabiy merosini necha qismga bo‘lib o‘rganish mumkin? 
3. Muqimiy hajviyalariga xos bo‘lgan ijtimoiy ruh haqida so‘z yuriting.
4. Zavqiyning adabiy merosi bizga qay shaklda yetib kelgan? 
5. Avaz O‘tar devonida qanday janrdagi she’rlar uchraydi? 
6. Ma’rifatchilik 
adabiyoti 
vakillarini 
birlashtirib 
turuvchi 
xususiyatlarni 
aniqlashga harakat qiling.
7. Ma’rifatchilik adabiyotini yuzaga keltirgan omillar haqida nima deya olasiz? 
15. JADID ADABIYOTI 


308 
15.1. Abdulla Avloniy 
(1878 – 1934) 
Hayotiga doir muhim ma’lumotlar 
Abdulla Avloniy 1878-yilning 12-iyulida Toshkent shahrining Mergancha 
mahallasida to‗quvchi hunarmand oilasida tug‗ildi.
O‗n olti yoshidan vaqtli matbuot sahifalarida ko‗rina boshladi.
XX asr boshlarida Abdulla Avloniy jadidlar harakatining faol tashkilotchilaridan biri 
sifatida e‘tibor qozongan edi. Toshkentning Mirobod mahallasida yangi «usuli savtiya» – 
jadid maktabini ochdi, o‗zi mudirlik va o‗qituvchilik qildi. 1909-yili kambag‗al, yetim-
yesirlarga ko‗mak beruvchi «Jamiyati xayriya» degan uyushma tashkil etdi. 1907-yili 
dastlabki matbuot nashrlaridan biri bo‗lmish «Shuhrat» gazetasini chiqardi.
Avloniy 1913-yili birinchi o‗zbek teatr truppasi – «Turon» to‗garagini tashkil etdi. U 
o‗z atrofiga Nizomiddin Xo‗jayev, birinchi o‗zbek rejissyori Mannon Uyg‗ur, Mirshohid 
va Mirahmad Miroqilov singari yoshlarni yig‗ib, o‗zbek milliy teatriga asos soldi.
1917-yili ta‘sis etgan «Turon» gazetasiga «Yashasin xalq jumhuriyati» shiorini 
tanlab, istiqlolga bo‗lgan ishonchi, intilishlarini ochiq izhor etgandi. Bu davrda 
Turkistonning eng ilg‗or va mashhur gazetasi «Sadoyi Turkiston»da ham ishladi. 1918-
yili «Ishtirokiyun» gazetasida muharrirlik qildi.
Avloniy Eski shahar sho‗rosining raisi vazifasini bajardi, nashriyot ishlarini yo‗lga 
qo‗yib, unda bo‗limga mudirlik qildi, Afg‗onistonda birmuncha muddat elchi bo‗ldi, oliy 
o‗quv yurtlarida professor sifatida dars berdi.
Abdulla Avloniy 1934-yilning 24-avgustida vafot etdi. Miroboddagi shoir yashagan 
uyda muzey ochilgan; Toshkent shahrining ko‗chalaridan biri Abdulla Avloniy deb 
ataladi. Respublika xalq ta‘limi xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash 
institutiga ham uning nomi berilgan.

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling