Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

Asar qahramonlari: 
Davronbek – musulmon advokat, 24 yoshda, Xudoyberdi – yer sotgan chol, qulog‗i kar, 
55 yoshda; Xushvaqt – ot yo‗qotgan tojik, 30 yoshda; Haydarali – mol yo‗qotgan duduq, 
24 yoshda; Rapoil – nasiyag‗a mol sotgan chol, 60 yoshda; Egamberdi – to‗y qilub 


310 
qarzdor bo‗lg‗on arobakash, 35 yoshda; Mehriniso – eri bilan urishub ajrashmoqchi 
bo‗lgan xotun, 32 yoshda. 

«Pinak» 

«Biz va Siz» 

«Ikki muhabbat» 

«Portugaliya inqilobi» 
She‘rlaridan namunalar 

Na xo‘rliq, na qasolat? – Doimo afgor biz, millat, 
Hama gul dasta qilsa, ne terarmiz? – Xor, biz, millat. 
 

Biling, o‘g‘lonlarim, sizlarni g‘amdan qutqarur maktab, 
Siroti mustaqim, rohi adamdan qutqarur maktab. 
 

Tug‘ub o‘sdim bu Vatanda, 
Vatanim misli yo‘q jahonda! 
Tufrog‘lari o‘sumlikdur, 
Manzarasi ko‘rumlikdur. 
 

Umrini sarf etmish ota-bobolar,
Chekmish ilm uchun jabr-u jafolar,
Bizlar ham bo‘lmayluk baxti qarolar,
Bitsun, yo‘qolsun bu kayf-u safolar.
Ey millat, uxlama, ilm olur chog‘i,
Har millat ilm oldi – yondi chirog‘i. 
 

Maktabdur oftobi jahon saodating,
Maktabdur osmoni zamon sabovating. 
 

Sening isming bu dunyoda muqaddasdur,


311 
Har kim sening qadring bilmas – aqli pas(t)dur Vatan» she’ridan). 
15.2. Abdulla Qodiriy 
(1894 – 1938) 
Hayotiga doir muhim ma’lumotlar 
Abdulla Qodiriy 1894-yil 10-aprelda Toshkent shahrining Samarqand darboza 
mavzeyida «bog‗bonlik bilan kun kechirguchi bir oilada...» tug‗ilgan.
U dastlab eski usul maktabda, so‗ng yangicha xat-savod chiqaradigan rus-tuzem 
maktabida o‗qiydi. 12 yoshlarida bir boy savdogarga xizmatga yollanib, yozuv-chizuv 
ishlari bilan mashg‗ul bo‗ladi.
1912-yili rus-tuzem maktabini muvaffaqiyatli tugalladi.
1914-yili Abulqosim madrasasiga o‗qishga kirdi. Rossiyaning turli shaharlaridan 
keladigan va bevosita Toshkentning o‗zida ham milliy ziyolilar tomonidan nashr 
etiladigan gazeta va jurnallar bilan tanisha boshlaydi. «Shu miyonalarda bozor vositasi 
bilan tatarlarda chiqadirg‗on gazetalarni o‗qib, dunyoda gazeta degan gap borlig‗iga imon 
keltirdim. 1913-yili o‗zbekcha «Sadoyi Turkiston», «Samarqand», «Oina» gazetalari 
chiqa boshlag‗och, menda shularga gap yozib yurish fikri uyg‗ondi», – deydi adib.
1918-yili Eski shahar oziq komiteti sarkotibi etib tayinlandi. Jurnalistlika bilan faol 
shug‗ullandi.
1919-yili «Oziq ishlari» gazetasiga muharrir etib tayinlanadi; so‗ngra «Ro‗sta» 
gazetasiga muxbir, «Ishtirokiyun» va «Qizil bayroq» gazetalarida xodim, «Inqilob», 
«Kommunist yo‗ldoshi» majmualarida sarkotib va xodim bo‗lib ishlaydi.
1924 – 1925-yillarda Moskvadagi Oliy adabiyot institutida ta‘lim oldi. 
1926-yili «Mushtum» jurnalida bosilgan «Yig‗indi gaplar» hajviyasida hayotdagi 
kamchiliklar, hukumat kishilari haqidagi beozor kulgi, hazil uchun aksilinqilobiy harakat 
qilganlikda ayblanib qamoqqa olinadi.
1937-yili Abdulla Qodiriy «xalq dushmani» degan tuhmat bilan qamoqqa olinib
uzoq qiynoq va so‗roqlardan so‗ng 1938-yil 4-oktyabrda otib o‗ldiriladi.


312 
XX asrning 50-yillari oxiri – 60-yillarida Abdulla Qodiriy nomi oqlanib, asarlari 
nashr etila boshladi, filmlar suratga olindi. Istiqlolning ilk yillaridayoq Abdulla Qodiriy 
birinchi bo‗lib «Mustaqillik» ordeniga munosib ko‗rildi. Alisher Navoiy nomidagi Davlat 
mukofoti bilan taqdirlandi.

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling