Dilnavoz Yusupova
Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
15.3. Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon
(1898 – 1938) Hayotiga doir muhim ma’lumotlar 314 Abdulhamid Sulaymon o‗g‗li Cho‗lpon 1898-yili Andijonning Qatorterak mahallasida gazlama savdosi bilan shug‗ullanuvchi Sulaymonqul Muhammadyunus oilasida tug‗ildi. Otasi o‗z davrining ilg‗or kishilaridan bo‗lib, Rasvo taxallusi bilan hajviy she‘rlar ham yozgan. Cho‗lponning onasi Oysha aya, garchi unchalik o‗qimishli bo‗lmasa-da, o‗g‗lining ijodiga katta ta‘sir ko‗rsatgan. Negaki u xalq qo‗shiqlari va ertaklarining bitmas xazinasidan yaxshigina xabardor bo‗lgan. Cho‗lpon madrasa tahsilini ko‗rgach 1912 – 1914-yillarda rus-tuzem maktabida o‗qidi. 16 yoshida unga Munavvar qori Cho‗lpon – Tong yulduzi degan taxallus beradi. Cho‗lpon oktyabr to‗ntarishidan so‗ng o‗lka bilim hay‘atida rais, «Buxoro axbori» gazetasida muharrir, «Turon» teatrida direktor, «Ishtirokiyun», «Qizil bayroq» va «Turkiston» gazetalarida tahrir hay‘ati a‘zosi va adabiy xodim (1920 – 1923-yillar) bo‗lib ishladi. Rossiyadagi siyosiy to‗ntarishlar davrida u bir muddat Orenburgda yashab, boshqird hukumati mahkamasida kotib lavozimida ishladi. So‗ng Toshkentga qaytib, 1920-yilga qadar TurkROSTA muxbiri bo‗ldi. 1923-yili Cho‗lpon Andijonda yangi chiqa boshlagan «Darxon» gazetasiga ishga yuboriladi. Bir yildan so‗ng gazeta yopilgach, u Toshkentga qaytib keladi. Shu vaqtda milliy professional teatrni shakllantirish uchun yigirma to‗rt nafar iste‘dodli o‗zbek yoshlari Moskvaga o‗qishga yuboriladi. O‗qish Moskvadagi hali mustaqil davlat hisoblangan Buxoro maorif uyi qoshidagi teatr-studiyada tashkil etilgandi. Rus tili va adabiyotini chuqur biladigan Cho‗lpon 1924-yili Moskvaga ketadi va shu dramstudiyada tarjimon va dramaturg bo‗lib ishlaydi, V.Bryusov nomidagi adabiyot institutda saboq olgan. Madaniyat xodimlarining 1927-yil oktyabrida Toshkentda bo‗lib o‗tgan II qurultoyida Cho‗lpon ijodi «... g‗oyaviy tuturuqsiz» ekanligi respublikaning rahbarlaridan biri Akmal Ikromov tomonidan ta‘kidlangach, shoir deyarli yakkalanib qoladi. Cho‗lponga nisbatan siyosiy-mafkuraviy zug‗um yanada kuchaygani uchun shoir 1932-yili Moskvaga ko‗chib ketadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling