Dilnavoz Yusupova


 MA’RIFATCHILIK DAVRI ADABIYOTI


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

13. MA’RIFATCHILIK DAVRI ADABIYOTI 
13.1. Muhammadniyoz Komil 
(1825 – 1899) 
Muhammadniyoz Komil 1825-yili Xiva shahrida tug‗ildi. Otasi Abdulla oxund 
madrasa mudarrisi bo‗lib, Muhammadniyoz (xorazmcha aytilishi Matniyoz)ni avliyo shoir 
Pahlavon Mahmudga hurmati tufayli «Pahlavon» deb atashardi.
Komil boshlang‗ich maktabni bitirgach madrasada tahsil ko‗radi. U yerda shar‘iy 
ilmlarni, arab va fors tillarini chuqur o‗rganadi hamda bu tillardagi adabiyot namunalari 
bilan tanishadi. Uning fors tilida ham talay she‘rlar yozganligi ma‘lum.
Otasining to‗satdan vafot etib qolishi sababli Muhammadniyoz madrasadagi 
saboqlarni to‗xtatib, bobosi savdogar Xo‗jash Mahram xizmatiga kiradi. Oilaning 
tirikchiligini ma‘lum darajada yaxshilab olgach madrasa ta‘limini davom ettiradi.
1856-yili taxtga o‗tirgan Said Muhammad Rahimxon iste‘dodli kishilarni o‗z atrofiga 
to‗play boshladi. Shular qatorida Muhammadniyoz Komil ham saroyga taklif etilib, 
xattotlikka tayinlandi. Salkam o‗n yil mobaynida xattotlik qilgan shoir 1865-yili mamlakat 
tepasiga Muhammad Rahimxon II kelgach, mirzaboshilik lavozimiga ko‗tariladi.
1873-yil ko‗klamida chor qo‗shinlari bilan bo‗lgan janglarda mag‗lub etilgan Xiva 
xonligi Rossiya imperatorining vassaliga aylandi. 1873-yilning 29-mayida poytaxt Xiva 
bosqinchilar tomonidan ishg‗ol qilingach, harbiy qarshilikni davom ettirish befoydaligini 
anglagan siyosatchilardan biri Komil edi.
1873-yil 12-avgust kuni xonning ruslar qarorgohiga aylantirilgan Gandimiyon degan 
bog‗ida «Tinchlik shartnomasi» deyiluvchi sulh tuzildi. Shartnoma matni Komilning o‗z 


293 
qo‗li bilan yoziladi. Tarixda bu hodisa «Gandimiyon sulhi» degan nom bilan qolgan. 
Komilni xon devonbegi qilib tayinlaydi.
Komil Xorazmda ham fan-texnika yutuqlarini joriy qilishga urindi – 1874-yili 
Muhammad Rahimxon II (Feruz) rahnamoligida Xivaga kitob bosishga kerakli 
uskunalarni keltirib, poytaxtda toshbosma usulda kitob chop etishni yo‗lga qo‗ydirdi. Ayni 
vaqtda, ajdodlarning xattotlik san‘ati ham rivojlantirildi. Komil yetakchiligida alohida 
xattotlik maktabi vujudga keldi. 1880-yili Komil devonbegi mansabidan tushirilib, 
mirzaboshi qilib tayinlandi.
Komil Peterburg va Moskvaga bir necha marta safar qiladi. U 1883-yili Muhammad 
Rahimxon II bilan hamrohlikda birinchi marta Moskva va Peterburgga boradi. Komil 
Peterburg va Moskvadan kuylarning notaga qarab chalinishini ko‗radi, Xivaga qaytgach 
«Xorazm notasi» yoki «Tanbur notasi» deb ataluvchi o‗z nota tizimini yaratadi. Tanburda 
chalingan ma‘lum bir o‗zbekcha kuy shu nota asosida qog‗ozga ko‗chirilardi. Komilning 
o‗g‗li Muhammad Rasul keyinchalik bu notani yanada takomillashtirib Xiva 
«Shashmaqom»ini notaga to‗liq ko‗chiradi. Komil 1891- va 1896 – 1897-yillarda 
Toshkentda ham bo‗lgan. Shoir yangicha turmush ta‘siriga ko‗proq berilgan Toshkentdagi 
hayot haqida qiziqish bilan yozadi. Bu davrda ancha keksayib qolgan Komilning sog‗lig‗i 
ancha yomonlashadi va 1899-yili dunyodan o‗tadi.

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling