Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asarlari
12.10. Shermuhammad Munis
(1778 – 1829) Shermuhammad Munis 1778-yili Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog‗ida Avazbiy mirob oilasida tug‗ildi. Otasi – yuz urug‗idan chiqqan Avazbiy xonlikning bosh mirobi edi. Shermuhammad boshlang‗ich ta‘limni qishlog‗idagi maktabda oldi. So‗ng Xiva madrasalarida tahsil ko‗rdi. 1800-yili otasi, sal o‗tib onasi, so‗ng inisi vafot etadi. Xiva taxti egasi, Avazbiy mirobning adashi Avazbiy inoq otasi vafot etgan yosh Shermuhammadni farmonnavislik vazifasiga tayinladi. 1804-yili xon Avazbiy vafot etgach, uning farzandlari o‗rtasida taxt uchun kurash avj oldi. 1804 – 1806-yillarda Eltuzar Xiva taxtida o‗tirdi, 1806-yildan 1825-yilgacha Muhammad Rahimxon I mamlakatni boshqardi. Muhammad Rahimxon taxtni egallagach Munisga bosh miroblik lavozimini berdi. Munis 1829-yili xonning Xurosondagi harbiy yurishlaridan biridan qaytayotganda vabo kasaliga yo‗liqib vafot etdi. Shoirning jasadi Qiyot qabristoniga, otasining yoniga qo‗yilgan. Asarlari «Savodi ta‘lim» (pedagogik risola) «Firdavs ul-iqbol» (tarixiy asar) «Ravzat us-safo» (Mirxonddan tarjima) Lirikasidan namunalar 287 Gahi telbalar birla gulxan aro Surub durdkashlikda yuz mojaro. Gahi rindlar bazmig‘a yo‘l topib, Hamonoki maqsudg‘a qo‘l topib. Gahi maktab ichra kirib shodkom, Gahi madrasa sori aylab xirom. Qayu yerda ahbob bazm aylasa, Tarab irtikobiga azm aylasa, O‘zimni alar ichra solur erdim, Ko‘ngul qong‘uncha bahra olur erdim... («Munis ul-ushshoq» (Oshiqlarning do‗sti) devonida) Nasib g‘am uza bo‘ldi charxi gardondin, Musibat uza musibat yetushti davrondin. Davlating borida bordur ahli olam oshno, Qaytgach davlat, jahonda topilur kam oshno. Do‘stlar, mensiz dame ohangi ishrat qilmangiz, Siz ichib sahbo meni xunxori hasrat qilmangiz. Base g‘am boridin chekmish og‘irni, Yog‘ir bo‘lmish hazin ko‘nglim yog‘irni. Qaysi gulning men kibi bir andalibi zori bor? Qaysi bulbulning seningdek bir guli bexori bor? Istading, ey dil, ko‘zin, joning kerakmasmu sanga? Kufri zulfin sevding, imoning kerakmasmu sanga? Uzoringda nure ayondur, ayon |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling