Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lirik merosi
12.8. Nodira
(1792 – 1842) Mohlaroyim (taxallusi Nodira, Komila, forsiy she‘rlarida Maknuna) 1792-yili Andijonda tavallud topgan. Andijon hokimi Rahmonqul otaliqning qizi. Nodiraning ota- onasi buyuk sohibqiron Amir Temur xonadoniga mansub edi. Nodiraning onasi – Oyshabegim ma‘rifatli ayol bo‗lgan. Rahmonqul otaliq Qo‗qon xoni Olimxonning tog‗asi edi. 1807-yili Olimxon ukasi Umarxonni tog‗asining qizi Mohlaroyimga uylantirdi. Umarxon Marg‗ilon begi lavozimiga tayinlanganidan keyin oilasini shu shaharga olib ketdi. 1810-yili esa Umarbekning akasi, Qo‗qonda xon bo‗lib turgan Olimxon o‗ldiriladi va Umarbek akasining o‗rniga xon qilib ko‗tariladi. Muhammad Alixon va Sulton Mahmud ismli farzandlar ko‗radilar. Shoira yashagan zamonda Qo‗qon adabiy muhiti gullab-yashnagandi. Umarxon uning umr yo‗ldoshi, mamlakat rahbarigina emas, ustoz shoir ham edi. U Amiriy taxallusi bilan she‘rlar ijod qilar, shoir sifatida mashhur edi. Umarxon 1822-yili vafot etadi. 1842-yili Buxoro amiri Nasrulloxon lashkar tortib kelib Qo‗qonni bosib oldi. Uning buyrug‗i bilan Nodira, o‗g‗illari Muhammadalixon, Sulton Mahmudxon va nevaralari ham vahshiyona qatl etildi. Lirik merosi Nodiradan xalqimizga ikki devon qoldi. Nisbatan to‗la deb hisoblanadigan turkiy devonida 189 g‗azal mavjud. Ulardan ayrimlari tojikcha. Forsiy she‘rlari «Devoni Maknuna»da jamlangan. 281 Marhabo, ey payki sulton, marhabo, Hudhudi mulki Sulaymon, marhabo. Ey xusho, shisha aro obi hayoti hukamo Kim, ani har kishi no‘sh etsa bo‘lur Xizrnamo. Hajrdin maxmurmen, soqiy, labo-lab jom tut, Men kabi har kimki bo‘lsa rindi durdoshom tut. Vasl uyin obod qildim, buzdi hijron oqibat, Seli g‘amdin bu imorat bo‘ldi vayron oqibat. Nigori gulbadanimni tushimda ko‘rsam edim, Labi shakkarshikanimni tushimda ko‘rsam edim. Doda keldim, ey salotin sarvari, dodim eshit, Sen shah-u, men benavo, lutf ayla, faryodim eshit. Qilmag‘il, zinhor izhor ehtiyoj Kim, aziz elni qilur xor ehtiyoj. Yorning vasli emas ozorsiz, Gulshan ichra gul topilmas xorsiz. Jonimg‘a jafolar bila jonona qilur bahs, Har lahza ko‘zimni yoshi to‘fona qilur bahs. Tahammul haddidin oshti, emdi afg‘on etmasam bo‘lmas, Ulusni xotiri jamin parishon etmasam bo‘lmas. 282 Yor manga g‘ayri jafo aylamas, Va’da qilib anga vafo aylamas. Fuqaro holig‘a gar boqmasa har shoh, anga Hashmat-u saltanat-u rif’at-u shon, barcha abas. Siyodat xonadoni, shohi Bobur nasli pokimen, Xudoyo, rahmat ayla barcha ajdodi izomimni. Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling