Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
ko‘ksidek bag‘rim...» singari g‗azallarida lirik qahramonning ruhiy kechinmalari
ta‘sirli ifoda etilgan. Uning «Bideh» (bergil, ber menga) radifli g‗azalida o‗zining navkarlik davridagi og‗ir hayoti tasvirlanadi. «Zarbulmasal» haqida Gulxaniy asarning kirish qismida uning yozilish sababi ustida to‗xtalib, xon saroyidagi she‘riy majlislarning birida masal (maqol, matal, hikmat)larning badiiy ijoddagi o‗rni haqida gap ketganligini qayd etadi. Xonning nazari Gulxaniyga tushib uni qoshiga chaqiradi va: «…bu zarbulmasallarni necha hikoyatlar orasida aql-u donishing yetishicha tartib ver», – deb buyuradi. Gulxaniy darhol javob qaytaradi: «Ey shohi jahonpanoh, tojikning bir masali bordurki, az ko‗za hamon tarovadki, dar o‗st (Ko‗zada bori to‗kiladi)». Alar (ya‘ni xon) aydilarki: «O‗zbekning bir maqoli bordurki, eshakiga yarosha tushog‗i». Bu suhbatdan so‗ng Gulxaniy «amirning amrlarini vojib bilib zarbulmasal yo‗lida sobitqadam bo‗ldi va «Yapaloqqush va 276 Boyqushning qudaliklari orasinda to‗rt yuz zarbulmasali avommunos»ni bayon qiladi. «Zarbulmasal»da qushlar timsolidan foydalanib insonlar va ular orasidagi murakkab munosabatlar tasvirlangan. Asarda inson ruhiyati tasviri alohida berilmay, qushlarning o‗zaro suhbatlari zamiriga singdirilgan. «Zarbulmasal»da uchraydigan badiiy obrazlarni: a) qushlar obrazlari; b) hayvon-hasharot obrazlari; с) odam obrazlari tarzida uchga bo‗lish mumkin. Qushlar obrazlari asarning bosh maqsadini ifodalashga yo‗naltirilgan bo‗lib, qolgan ikki guruhdagi qahramonlar, asosan, ularning o‗zaro suhbatlari asnosida namoyon bo‗ladi. Yozuvchi qushlar vositasida ularning prototiplari bo‗lmish odamlarga xos jihatlarni aks ettirgan bo‗lsa-da, ayni vaqtda, har bir qushga xos individual belgilarni berishni ham yoddan chiqarmaydi. Ko‗pincha qushlarning otida ularning fe‘li aks etadi. Chunonchi, Ko‗rqushning ko‗rligi, Boyqushning sovuqnafas va xasisligi, Kordonning korchalonligi, Kuykanakning kichik jussali hamda kuyunchakligi laqab bilan tabiatning mos kelishiga misol bo‗la oladi. Asarning qisqacha syujeti: Farg‗ona iqlimida Kayqubod degan podshohdan qolgan bir vayrona bor edi. Unda yashovchi Boyo‗g‗lining Gunashbonu ismli qizi bo‗ladi. Shu atrofda manzil tutgan Yapaloqqush uni o‗g‗li Kulonkir sultonga olib bermoqchi bo‗lib Ko‗rqushni sovchilikka yuboradi. Ko‗rqush yo‗lda Hudhudga duch kelib o‗zaro munozara qiladi. Keyin Kulonkir sulton bilan gaplashib oladi. Boyo‗g‗linikiga kelsa, u qarindoshlari bilan kengashib, so‗ng javob bermoqchi bo‗ladi. Buni yaxshilikka yo‗ygan Yapaloqqush do‗sti Sho‗ranul degan qarg‗a orqali qushlar shohi Malikshohindan suyunchi oladi. Malikshohin o‗zining pahlavoni bo‗lmish Kulonkir sultonning to‗yini o‗tkazib bermoqchi bo‗lib xazinachisi Kordonni to‗y xarajatlarni aniqlash uchun Boyo‗g‗linikiga yuboradi. Boyo‗g‗li qizining qaliniga mingta vayrona so‗raydi. Kordon Umarxon davrida mamlakat obod bo‗lib, vayronalar kamaygani, shuning uchun uning sonini olti yuztaga tushirishini so‗raydi. Uni eshitgan Ko‗rqush oting Kordon – ishbilarmon bo‗lsa ham, qo‗lingdan hech ish kelmas ekan deb o‗zi Boyo‗g‗lining yoniga kelib Qo‗qondan topilmasa ham, mingta vayronani Buxoro muzofotidan topib berishga va‘da beradi. Shundan keyin 277 dabdabali to‗y qilinib, kelin-kuyov murod-maqsadlariga yetadilar. Xulosa: Gulxaniy qushlar misolida o‗z davri voqeligini tasvirlaydi. «Zarbulmasal» asarida 400 ga yaqin maqol, matal, naql va 15 dan ortiq katta- kichik hikoya va masallar mavjud. Muallif hind eposi «Kalila va Dimna», A.Jomiyning «Silsilat uz-zahab» asarlari, shuningdek, Sa‘diy Sheroziy, Hofiz Sheroziy, Xusrav Dehlaviy, Alisher Navoiy, So‗fi Olloyorlarning hikmatlaridan foydalangan. Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling