Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Toshbaqa bilan chayon»
- «Dumsiz eshak»
- «Yodgor po‘stindo‘z»
- 12.7. Amiriy
Asardagi hikoyatlar
«Kabutar bilan zog‘» Bir tabib bog‗da daraxt shoxida urushishga shaylangan kabutar va zog‗ – qarg‗ani ko‗radi. Shunda ikki qush suv ichmoqchi bo‗lganda rustoiy uni otib o‗z qushiga yem qiladi, kabutar qochib qutuladi. Xulosa: agar zog‗ o‗z jinsidagilar bilan o‗z makonida yurganda edi, qushga yem bo‗lmas edi. «Toshbaqa bilan chayon» Chayon (kajdum) va toshbaqa (sangpusht) Iroqdan Hizojga ketishda do‗st bo‗ladilar. Yo‗lda uchragan daryodan o‗tishda toshbaqaning yelkasiga chiqib olgan chayon do‗stiga nish sanchadi va toshbaqa bir suvga sho‗ng‗ib chayonni g‗arq qiladi. Xulosa: do‗st tanlashda yanglishmaslik zarur. «Dumsiz eshak» Dumi yo‗q eshak dum izlab ekinzorga borib qolganda, dehqon uning ikki qulog‗ini ham kesib tashlaydi. Xulosa: shukr qilmagan boridan ham ayriladi. «Yolg‘onchi tuya» Qishda loyga yiqilgan tuya yo‗lda tulkini uchratib qoladi va unga: «Hammomdan kelyapman», – deydi. Tulki kulib: «Hammayog‗ing toza-yu, lekin hammomchi o‗lgan ekanmi?» – deydi. Xulosa: yolg‗onchilik kishini sharmanda qiladi. «Yodgor po‘stindo‘z» Yodgor po‗stindo‗z o‗zini maqtab doim lof uradi, o‗zining 15 yoshida Nuh payg‗ambarga, 20 yoshida Ibrohim payg‗ambarga, 25 yoshida Ahmad Yassaviyga aloqador bo‗lganini aytaveradi, qilgan ishi esa firib: tikkan po‗stini chokidan barmoq o‗tadi, Yodgor po‗stindo‗z esa musht o‗tmasa xo‗p tikish deb o‗zinikini ma‘qullab 278 yuraveradi. Xulosa: hayotda shunday odamlar borki, ularning ishi va so‗zi umuman mos kelmaydi. 12.7. Amiriy (1787 – 1822) «Qo‗qon adabiy muhiti» asoschisi, Qo‗qon xoni (1810 – 1822) Umarbek 1787-yili ming urug‗i vakili Norbo‗tabiy xonadonida tug‗ildi. Umarbek Muhammad Yoqub qo‗lida tahsil oldi. Qo‗qon xoni – akasi Olimxon Umarbekni 1807-yili Farg‗ona hokimi qilib tayinlaydi. Shu yillari u Andijon hokimi Rahmonqulibiyning qizi Mohlaroyim – Nodiraga uylanadi. 1810-yili Toshkent hokimligiga yurish qilgan Olimxon («Zolim xon») o‗ldiriladi va taxtga Umarxon chiqadi. Umarxon Amiriy taxallusi bilan she‘rlar yozgan. Uning davrida Uvaysiy, Nodira, Dilshod Barno singari ayol shoiralar, Akmal, Gulxaniy, Maxmur, Fazliy, Mushrif, Mirzo Qalandar, Mulla Abdukarim, Xon va boshqa ko‗plab shoirlar ijodi ravnaq topdi. «Majmuat ush-shuaro» tazkirasi Amiriy homiyligida dunyoga keldi. Amiriy Alisher Navoiydan kuchli ta‘sirlangan, uning yigirma besh g‗azaliga taxmis bog‗lagan. Umarxonning o‗g‗li Madalixon Xon taxallusi bilan she‘r yozgan. Amiriy bilan ijodiy hamkorligi haqida Nodira devon debochasida yozadi: «… goho ul hazrat ba‘zi toza mazmunlardan bir misra bilan savol tariqasida so‗rar erdilar, …misra bilan javob aytur erdim va tabiatlarini xush qilur erdim. Biri buldurkim, bir kun savol qildilarkim. Misra: «Nega arbobi xirad ahli junundin ori bor?» Javob aytdimki, misra: «Kim bular uryon (uryon – yalang‗och)larning jubba-u dastori (jubba-u dastor – hashamatli) bor». Shoir Amiriy 1822-yili 35 yoshida vafot etgan. Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling