Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
12.5. Turdi Farog‘iy
(taxminan 1640 – 1699/1700) 273 Turdi Farog‗iy o‗zbeklarning yuz urug‗idan bo‗lib, taxminan 1640-yillarda tug‗ilib, XVII asrda Buxoro xonligida, ashtarxoniy hukmdorlardan Nodir Muhammad va uning o‗g‗illari hukmronligi yillarida yashagan. Nodir Muhammad 1640-yili taxtga chiqqan. 1645-yili u Xorazmga qo‗shin tortadi. Bundan foydalangan xo‗jandlik Boqi Yuz (yuz urug‗idan bo‗lgani uchun shunday atalgan) degan kishi xonga qarshi isyon ko‗taradi. Nodir Muhammad uni bostirish uchun o‗g‗li Abdulazizni yuboradi. Abdulaziz isyonchilar tomoniga o‗tib ketadi. Uni xon qilib ko‗taradilar. Nodir Muhammad hajga ketadi. Isyonchilar safida bo‗lgan Turdi Abdulazizxonning ishonchli kishilaridan biriga aylanadi. Nodir Muhammadning ikkinchi o‗g‗li Subhonqulixon Balx hokimi edi va otasidan so‗ng Buxoroga qattiq ko‗z tikkandi. Aka-uka o‗rtasidagi kurash o‗ttiz yildan ortiqroq davom etdi. 1680-yili Subhonqulixon Buxoro taxtini akasidan tortib oladi. Abdulazizxonning yaqin kishisi bo‗lgan Turdining hayoti Subhonqulixon davrida qiyinchilikda kechadi. U Subxonqulixonni ayovsiz hajv qiluvchi asarlar yaratdi, undan tinmay nolidi. Lekin Subhonqulixon ilm-ma‘rifatli inson bo‗lib, tibbiyotga oid maxsus kitob yozgan. Turdining she‘rlarida uning bu xislatlari tasvirlanmaydi. 1681-yili Samarqand yaqinidagi Miyonkolda Subhonquliga qarshi qo‗zg‗olon ko‗tarildi. Qo‗zg‗olonchilar orasida yakdillik bo‗lmay, bir qismi xonga taslim bo‗ldi. Ikkinchi qismi Xo‗jand va O‗ratepa hokimi Rahimbiy yuzdan yordam so‗rab kurashni davom ettirdi. Madad kelmay, mag‗lubiyatga uchradilar. Turdi mana shu ikkinchi qism orasida edi. Umrining so‗nggi davrini Xo‗jandda Oqbo‗tabiy huzurida muhtojlikda o‗tkazadi. Shoir taxminan 1699 – 1700-yillarda vafot etgan. Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling