Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asardagi ba’zi hikoyatlarning qisqacha syujeti
Adabiy merosi
«Maqsad ul-atvor» (Maqsad yo‗llari, doston, 1514 – 1520, Jonibek sultonga bag‗ishlangan) Nizomiy Ganjaviy «Xamsa»sining birinchi dostoni «Maxzan ul- asror»ga nazira shaklida (ergashib) yozilgan. «Miftoh ul-adl» (Adolat kaliti, 1507 – 1510, hikoyalar to‗plami, Temur sultonga bag‗ishlangan) 15 bobdan iborat. Unda olimlar (1), sultonlar (2), zolim sultonlar (3), hukm qilmoq (6), da‘vo qilmoq (7), ont ichmoq (8), o‗g‗rilik (9), zino (10), ov qilish (15) kabilar haqida maxsus boblar keltirilgan va har biriga hikoya ilova qilingan. «Gulzor» (1538, hikoyalar to‗plami, Kistan Qaro Odilga bag‗ishlangan). Asardagi ba’zi hikoyatlarning qisqacha syujeti: 268 o Kunlardan bir kuni bir odil podshoh vaziriga hajga bormoqchi ekanligini aytadi. Vaziri: «Ey podshohim, taxtni bo‗sh qo‗yub, Ka‘bag‗a borsangiz, xalq bebosh bo‗lib ketmasmikan?» – deydi. Shunda podshoh haj qilgan hojining savobini sotib olib kelishlarini so‗raydi. Podshohning huzuriga 20 marta Ka‘bani ziyorat qilgan bir zohidni olib keladilar. Podshoh uning bir martalik hajiga avval ming qizil tanga, keyin o‗n ming qizil tanga bermoqchi bo‗lsa-da, zohid ko‗nmaydi. Shunda podshoh unga nimaning evaziga haj qilganingning savobini berasan deb so‗raganida, zohid: «Men senga 20 hajimning savobini beraman, sen esa menga bir soat adolat qilganingning savobini bergin, zero, bir soatlik adolatning savobi odamlar va farishtalarning ibodatidan ortiqroqdir», – deb javob beradi. Bir talaba Sulton Mahmud G‗aznaviyga bir qozi ustidan arz qilib boradi. Talaba tahsil uchun boshqa shaharga ketar ekan, otameros ming tilla pulini hamyonga solib, muhrlab qoziga omonat topshirib ketgan edi. Kelib olib ko‗rsa, hammasi mis tanga chiqadi. Hech yeri teshilmagan, muhri joyida. Qozidan so‗rasa: «Bilmayman, muhri joyidami, bo‗pti-da, nima deysan? Xohlasang, qasam ichaman», – deb javob qiladi. Sulton o‗ylanib qoladi va nega ont ichirmading deb so‗raydi. Shunda talaba uning ontiga ishonib bo‗ladimi, qozining qasami Laylakniki bilan birdek-ku deb javob beradi. Sulton Laylak hikoyatini so‗raydi. Talaba so‗zlab beradi: bir kuni ilonlar to‗planishib: «Kelinglar, bu – qismat. Har daqiqada Laylakdan jon hovuchlab qochib yurganimizdan ko‗ra har kuni bittamiz navbat bilan boraylig-u qolganlarimiz xotirjam yashab turaylik», – deb gapni bir joyga qo‗yib bir ilonni elchi qilib yuboradilar. Laylak rozi bo‗ladi, har kuni bir ilondan ortiq yemaslikka ont ichadi. Biroz vaqt o‗tib ilon bolalaydi, laylak esa kichik bir ilonga to‗ymaydigan bo‗ladi. Laylak uchib boraversa, ilonlar xotirjam suhbatda, yonlariga keladi-yu, ikkitasini tirnog‗iga olib jo‗naydi. Ilonlar yig‗ilib arzga boradilar, ichgan ontini o‗rtaga soladilar. U: «Sizlar bilasizlarmi, men kimman?! Men minora ustida yashayman, masjidning tepasidaman, gunohdan qo‗rqmayman, shunday odamning onti bo‗ladimi?» – deb javob bergan ekan. Xuddi shu kabi xoin, poraxo‗r qozining onti bo‗ladimi deb hikoyatini tugatadi talaba. Hikoya Sultonga ma‘qul keladi. Talabaning mis tanga solingan hamyonini olib qolib, o‗ziga javob beradi. Keyin o‗ylaydi: «Talabaning so‗zi bilan qozini 269 o‗ldirsam, pul uchun qildi deb malomat etishlari aniq, otim yomonga chiqadi. Yo‗lini topish kerak». Sulton xayoliga birdan shunday fikr keladi: «Hamyon qayta tiktirilib, tillasi almashtirib qo‗yilmaganmikan?» Ertasiga yotgan shohona to‗shagining o‗rtasidan pichoq tortib ovga ketadi. Farrosh yig‗ishtirishga kirsa, to‗shak bir ahvolda. Uni vahima bosadi. Tezlikda shahardagi eng usta tikuvchini qidirib topadilar. Bir-ikki kun o‗tkazib ovdan qaytgan podsho to‗shakning tilingan joyini topa olmaydi. Farroshni tergaydi. Haqiqat ma‘lum bo‗ladi: qoziga hamyonini shu usta tikib bergan ekan. So‗ng sulton pulchilarni qidirib topadi. Ulardan qozi uchun mis tanga yasaganligini aniqlaydi. Nihoyat, sulton qozi bilan talabani huzuriga chaqiradi. Talaba arz qiladi, qozi da‘voni rad etadi. Qozi o‗z gaplarining to‗g‗riligiga ont ichadi. Sulton qozini tikuvchi usta va pulchiga yuzma-yuz qiladi. Qozi dorga osilib, talaba uning o‗rniga qo‗yiladigan bo‗ladi. Biroq talaba sultonning taklifini rad etadi va fikrini dalillash uchun bir qator hikoyalar keltiradi. Ulardan birida aytilishicha, bir kuni amiral mo‗minin hazrati Ali (r.a.)ning yonlariga bir guruh odamlar ekin ekiladigan yerdan shikoyat qilib keladilar. Ayniqsa, bittasi: «Yo Ali, uch yil bo‗ldi hosil ekaman, bu yer hech narsa bermaydi», – deb kuyunadi. Hazrat Ali qog‗oz, qalam keltirishni so‗raydilar va xat yozib dehqonning qo‗liga tutqazadilar hamda hosilsiz yerning o‗rtasiga ko‗mishni buyuradilar. Kelasi yil bu yer shunday hosil beradiki, hamma hang-u mang bo‗lib qoladi. Sekin o‗sha xatni yerning o‗rtasidan qidirib topadilar va o‗qiydilar. Unda shunday yozilgan ekan: «Ey yer! Bu yil ham hosil bermasang, qozining o‗ligini sening bag‗ringga ko‗mdiraman». It har tunda aytar emish: «Alloh taologa shukrlar bo‗lsinki, meni qozi qilmasdan it qilib yaratgan». Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling