Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12.2. Muhammad Solih
Ruboiylar
Ko‘ngli tilagan murodig‘a yetsa kishi Yo barcha murodlarni tark etsa kishi. Bu ikkisi muyassar bo‘lmasa olamda, Boshini olib bir sorig‘a ketsa kishi. Yo qahr-u g‘azab bila meni tufroq qil, Yo bahri inoyatingda mustag‘roq qil. Yo rab, sangadur yuzum qaro yo oq qil, Har nav’i sening rizong erur, andoq qil. G‘urbat tug‘i yopqon ruxi zardimnimu dey Yo hajr chiqarg‘on ohi sardimnimu dey? Holing nedurur, bilurmusen dardimni, 265 Holingni so‘raymu, yo‘qsa, dardimnimu dey? Tole’ yo‘qi jonimg‘a balolig‘ bo‘ldi, Har ishniki ayladim, xatolig‘ bo‘ldi. O‘z yerni qo‘yib Hind sori yuzlandim, Yo rab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi. 12.2. Muhammad Solih (1455 – 1534) Muhammad Solih 1455-yili Xorazmda tug‗ildi. Bobosi Amir Shohmalik Mirzo Ulug‗bekning tarbiyachisi bo‗lgan. Otasi Nur Saidbek Mirzo Ulug‗bek saroyida xizmat qilgan. Muhammad Solih Abdurahmon Jomiy qo‗lida tahsil oladi. Adabiyot, tarix, falsafani, arab, fors tillarini o‗rganadi, naqqoshlik, xattotlik bilan shug‗ullanadi. Otasi Nur Saidbekning sirli o‗limi unga qattiq ta‘sir qilsa-da, 1489-yilga qadar Husayn Boyqaro saroyida ishlaydi. Navoiy «Majolis un-nafois» asarida u haqda shunday yozadi: «Muhammad Solih ismi munosabati bilan Solih taxallus qilur. Nur Saidbek o‘g‘li turur. O‘zi muloyim yigitdur... Tab’ida xeyli choshni (maza) bor. Xatqa ham qobiliyati ko‘pdur...» 1499-yili, Temuriylar saltanati tanazzulga uchrayotgan paytda, Shayboniy huzuriga boradi. Shayboniy unga «amir ul-umaro» (amirlar amiri), «malik ush-shuaro» (shoirlar shohi) unvonlarini beradi. Shayboniy 1500-yili Boburga qarshi Samarqand sari otlanar ekan, poytaxt qilib turgan Buxoro hokimligini Muhammad Solihga topshiradi. 1504 – 1505-yili Xorazm yurishida Muhammad Solih amir ul-umaro sifatida ishtirok etadi. Ma‘lum muddat Chorjo‗yda, so‗ng Ashxobod yaqinidagi Niso shahrida hokim bo‗ladi, shayboniylar tomonda turib temuriylarga qarshi kurashadi. Muhammad Solihning o‗g‗li Mirzo Ulug‗bek iste‘dodli shoir bo‗lgan. Muhammad Solih 1534-yili Shayboniylar saltanati poytaxti Buxoro shahrida vafot etgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling