Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

Buxoro tasviri: 
Samarqandning g‗arbi tarafi yigirma besh yig‗och yo‗ldur. Buxoroning ham necha 
tumonoti bor. Tavr
shahre voqe bo‗lubtur. Mevasi ko‗b bo‗lur va xo‗b bo‗lur, qovuni bisyor 
yaxshi bo‗lur, Movarounnahrda Buxoro qovunicha ko‗p va xo‗b qovun bo‗lmas... 
Shahrisabz tasviri: 
Yana Kesh viloyatidur, Samarqandning janubidadur, to‗qquz yig‗och yo‗ldur. Samarqand 
bila Kesh orasida bir tog‗ tushubtur. Itmak doboni derlar, sangtaroshlik qilur toshlarni tamom 
butog‗din eltarlar. Bahorlar sahrosi va shahri va bomi va tomi xo‗bsabz bo‗lur uchun 
Shahrisabz ham derlar. Temurbekning zod-ubudi Keshdin uchun shahr va poytaxt qilurg‗a ko‗p 
sa‘y va ehtimomlar qildi, oliy imoratlar Keshta bino qildi... 
Hindiston tasviri: 
Hinduston mamoliki vase va purmardum va purhosil viloyat voqe bo‗lubtur... G‗arib 
mamlakate voqe bo‗lubtur. Bizning viloyatlarg‗a boqa o‗zga olamedur. Tog‗ va daryosi, jangal 
va sahrosi, mavozi va viloyoti va hayvonot va nabototi, eli va tili va yomg‗uri va yeli borcha 
o‗zgacha voqe bo‗lubtur... 


262 
Hayvonotkim: Hinduston maxsusidur, vuhushdin biri fildurkim... azimul jussa va ziyrak 
jonivordur. Har ne desalar bilur va har ne buyursalar qilur. Bahosi ulug‗lug‗ig‗a yarashadur, 
qarilab sotarlar. Har necha ulug‗roq – bahosi ko‗proq... Filning yemak-ichmagi tamom xartumi 
biladur. Xartumi bo‗lmasa tirilmas. Xartumining ikki yonida yuqorig‗i engagida ikki ulug‗ tishi 
bor, tomg‗a va yig‗ochqa ushbu tishlarini qo‗yub zo‗rlab yiqitur. Urushmoq va har zo‗r 
ishlarkim bo‗lsa ushbu tishlar bila qilur... 
Tarixiy shaxslar ta’rifi 
Husayn Boyqaro ta’rifi: 
Sulton Husayn mirzo karimuttarafayn edi... 
Shakl-u shamoyili: qiyiq ko‗zluk, sher andom bo‗yluq kishi edi. Belidin quyi inchka edi. 
Bovujudkim, ulug‗ yosh yashab, oq soqolliq bo‗lub edi, xushrang qizil, yashil abrishimni
kiyar 
edi. Qora qo‗zi bo‗rk kiyar edi yo qalpoq. Ahyonan iydlarda kichik sepech dastorni yap-yassi 
yomon chirmon chirmab, qarqaro o‗tag‗asi sanchib namozg‗a borur erdi. 
Axloq va atvori: ...Mafosil zahmati jihatidin namoz qila olmas edi, ro‗za ham tutmas edi. 
Harrof va xushxulq kishi edi. Ba‘zi muomalotta sharni bisyor rioyat qilur edi. Bir qatla bir 
o‗g‗li bir kishini o‗lturgani uchun qonliqlarig‗a topshurub, dorulqazog‗a
yibordi... 
Shujo va mardona kishi edi... Temurbek naslidin hech kim ma‘lum emaskim, Sulton 
Husayn mirzocha qilich chopmish bo‗lg‗ay. Tabi nazmi bor edi. Devon ham tartib qilib edi. 
Turkiy aytur edi. Taxallusi «Husayniy» edi... 

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling