Dilnavoz Yusupova


mutahayyirin» (Besh hayrat)


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

mutahayyirin» (Besh hayrat) asari muqaddima, uch maqolat va xotimadan iborat.
Asar muqaddimasida Alisher Navoiy Abdurahmon Jomiyning nasl-nasabi, bolaligi, 
umr yo‗li haqida to‗xtaladi.


255 
«Holoti Sayyid Hasan Ardasher» manoqibi Sayyid Hasan Ardasher vafotidan ikki 
yil keyin – 1490 – 1491-yillarda yaratilgan. Asarda Alisher Navoiy Sayyid Hasan 
Ardasherni komil inson sifatida tasvirlaydi. Asarni o‗qish jarayonida Sayyid Hasan 
Ardasherning ma‘naviy-ruhiy dunyosi bilan yaqindan tanishar ekanmiz, ulug‗ shoir bu 
zotni bejiz komil inson sifatida tanlamaganiga guvoh bo‗lamiz.
Hazrati Alisher Navoiy uchun ham do‗st, ham ota, ham ustoz maqomida bo‗lgan 
zotlardan biri Pahlavon Muhammadning vafotidan so‗ng ulug‗ shoir «Holoti Pahlavon 
Muhammad» asarini yozadi. Unda Pahlavon Muhammad shaxsiyati, uning ibratli hayoti 
va u bilan bog‗liq xotiralari haqida to‗xtaladi.
«Munshaot» asari Alisher Navoiyning turli vaqtda turli shaxslarga yo‗llagan 
maktublaridan iborat to‗plam bo‗lib, musulmon Sharqi insho san‘atining turkiy tilda 
yaratilgan yuksak namunalaridan hisoblanadi. Asar 100 dan ortiq maktubni o‗z ichiga 
oladi. Asar o‗z davrining ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma‘naviy hayoti haqida xabar 
beruvchi muhim manba sifatida ham g‗oyat qimmatlidir.
«Mahbub ul-qulub» (Ko‘ngillarning sevgani) hazrat Navoiyning umri poyonida 
yozgan so‗nggi asari bo‗lib, 1500-yili yaratilgan. Asar axloqiy-ta‘limiy mazmunda, buyuk 
mutafakkirning boy hayotiy tajribasi va xulosalari asosida yaratilgan.
«Mahbub ul-qulub» asari 3 qismga bo‗linadi. Birinchi qism «Xaloyiq ahvol va af‘ol 
va aqvolining kayfiyati» deb atalib, 40 faslni o‗z ichiga oladi. Unda sultonlardan tortib 
darveshlargacha bo‗lgan 49 ijtimoiy tabaqa va guruhlarning tavsifi keltiriladi.
Asarning 10 bobdan iborat ikkinchi qismi «Hamida af‘ol va zamima xisol 
xosiyatida» deb nomlanib, axloqiy masalalarga bag‗ishlangan.
Asarning 3 qismi «Mutafarriqa favoyid va amsol surati» deb atalib, turli foydali 
pandlar va hikmatlarni o‗z ichiga oladi. Asarda ular «tanbeh» nomi bilan atalib, jami 127 
ta tanbeh keltirilgan. Mazkur asar buyuk mutafakkir merosining muhim va qimmatli 
yodgorligidir, u XV asrdan keyingi badiiy nasr taraqqiyotiga samarali ta‘sir ko‗rsatdi.

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling