254
«Nasoyim ul-muhabbat» (to‗liq nomi «Nasoyim ul-muhabbat min shamoyil ul-
futuvvat» – «Mardlik xushbo‗yliklarini taratuvchi muhabbat shabadalari») asari 1495 –
1496-yillarda yaratilgan bo‗lib, Abdurahmon Jomiyning «Nafahot ul-uns min hazarot ul-
quds» (Do‗stlik tarovati) asarining ijodiy tarjimasidir.
Abdurahmon Jomiyning «Nafahot ul-uns» asarida 616 ta shayx haqida ma‘lumot
keltirilgan. Hazrat Navoiy bu ma‘lumotlarni
qayta ishlab, to‗ldirib shayxlar sonini 770
taga yetkazadi, ulardan 35 tasini avliyo ayollar tashkil etadi.
Tarixiy, yodnoma va turli mavzudagi asarlari
Alisher
Navoiyning «Tarixi anbiyo va hukamo» risolasi islom dini manbalariga
asoslangan bo‗lib, payg‗ambarlar – rasul va nabiylar hamda hakim zotlar –
allomalar
tarixiga bag‗ishlangan. Unda 60 dan ziyod payg‗ambar, 13 nafar hakim – allomalar tarixi
bayon qilingan.
Alisher Navoiyning
«Tarixi muluki Ajam» (Arab bo‘lmagan shohlar tarixi) asari
o‗z davri nuqtayi nazaridan ilmiy dalillarga asoslangan risola hisoblanadi. Asarda Eron va
Turon mulkida hukmronlik qilgan to‗rt sulola: peshdodiylar,
kayoniylar, ashkoniylar,
sosoniylar tarixi batafsil hikoya qilinadi.
Alisher Navoiy peshdodiylar sulolasiga mansub 11, kayoniylar sulolasidan 9,
ashkoniylar sulolasidan 15, sosoniylar sulolasidan 28, jami to‗rt suloladan 63
hukmdorning nomlari,
ularning tarjimayi holi, hayoti va yuritgan siyosatiga doir
ma‘lumotlarni taqdim etadi.
Navoiyning piri, ustozi Abdurahmon Jomiy xotirasiga bag‗ishlangan
«Xamsat ul-
Do'stlaringiz bilan baham: