Dilnavoz Yusupova


 Alisher Navoiyning ilmiy va nasriy merosi


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

11.10. Alisher Navoiyning ilmiy va nasriy merosi 


250 

Adabiyotshunoslik va tilshunoslikka doir asarlari 
Alisher Navoiy adabiyotshunoslikka doir uch asar yaratgan bo‗lib, uning 
«Mufradot» yoki «Risolayi muammo» asari hijriy 890-, milodiy 1485-yili fors-tojik 
tilida yaratilgan. Risola muammo janrini yechish qonun-qoidalariga bag‗ishlangan.
Ma‘lumki, muammo arabcha «ko‗r qilingan», «yashiringan» ma‘nolarini bildiruvchi 
va bir, ba‘zan esa ikki baytdan iborat mustaqil she‘r turidir. Muammoda biror ism yoki 
narsa-buyum nomi berkitiladi. Bunda arab yozuvidagi harflarni turlicha o‗zgartirish yo‗li 
bilan yashiringan so‗zlar topiladi. Muammo 2 xil ma‘no asosiga quriladi: tashqi 
(chalg‗ituvchi) ma‘no va ichki (asosiy) ma‘no.
Asarda 3 amal, 15 qism va 48 ta uslub qoidalari va ular bilan bog‗liq holda 121 ta 
muammo, uni yechish usullari ko‗rsatib beriladi. Risolada muammoning turli uslub 
qoidalari ixcham va tushunarli tilda bayon qilib berilganligi uchun asar o‗z davrida va 
undan keyin ham keng shuhrat qozondi.
Alisher Navoiyning adabiyotshunos olim sifatidagi faoliyatini ko‗rsatib beruvchi 
yana bir asar «Majolis un-nafois» tazkirasidir. Navoiy tazkirani 1491 – 1498-yillar 
davomida yaratadi. Tazkirada XV asrda yashab faoliyat yuritgan 459 shoir haqida 
ma‘lumot keltirilgan. Tazkiradagi shoirlar majlis, ya‘ni qismlarga quyidagicha 
taqsimlangan: 1-majlisda 46 ta, 2-majlisda 91 ta, 3-majlisda 175 ta, 4-majlisda 72 ta, 5-
majlisda 21 ta, 6-majlisda 31 ta, 7-majlisda 22 ta temuriy va 8-majlisda Husayn Boyqaro 
bilan bog‗liq ma‘lumotlar keltirilgan.
Hazrat Navoiy o‗z tazkirasini «tabarruk qilmoq uchun» shayxlardan Xoja Qosim 
Anvor zikri bilan boshlaydi.
Alisher Navoiyning «Mezon ul-avzon» asari 1492 – 1493-yillarda yaratilgan bo‗lib, 
aruz nazariyasining qonun-qoidalariga bag‗ishlangan. Asarda jami 19 bahr, 160 ta vazn, 7 
doira keltirilgan.


251 
Navoiy turkiy tilning rivojiga shoh asarlar yaratish bilangina hissa qo‗shib qolmay, 
uning taraqqiyotini nazariy jihatdan ham boyitdi. Uning bu boradagi xizmatlaridan biri 
1499-yili yaratilgan «Muhokamat ul-lug‘atayn» (Ikki til muhokamasi) asaridir. Mazkur 
asarida Navoiy turkiy va forsiy (sort) tillarini bir-biriga qiyoslash asnosida turkiy tilning 
boy va keng imkoniyatlarga egaligini isbotladi. Asarda Navoiy dunyo tillaridan uch til 
(turkiy, forsiy va hind) asl va mo‗tabar bo‗lib, ularning vujudga kelishi Nuh 
payg‗ambarning o‗g‗illari: Yofas (turkiy), Som (forsiy) va Hom (hind) bilan bog‗liq deb 
hisoblaydi va turkiy tilni Yofas orqali payg‗ambarlik toji bilan ulug‗landi deb yozadi.
Navoiyning fikricha, arab tili bunday ulug‗lanishga muhtoj emas, hech shubhasiz, u 
barcha tillardan mumtoz va «mo‗jizatiroz»dir, chunki Allohning kalomi va Rasuli akram 
hadislari shu tilda yaratilgan.
Alisher Navoiy ikki tilni qiyoslash jarayonida forsiy tilning kuchli bilimdoni sifatida 
namoyon bo‗ladi, zero, obyektiv xulosalar chiqarish uchun ikki tilni ham mukammal 
bilmoq talab qilinadi. Bu mukammallik Navoiyning: 
– forsiy tilda muodil (ekvivalent)i bo‗lmagan 100 ta fe‘lni keltirishi
19
;
– turli sohalarga doir narsa-buyum, tabiiy hodisalar va hayvonlarning forsiy tilda 
mavjud bo‗lmagan nomlarini berib, ularning ba‘zilari forsiy til leksikasi tarkibiga 
ham kirganligi haqida ma‘lumot keltirishi; 
– tajnis va iyhom san‘atiga asos bo‗ladigan so‗zlarning forsiy tildagiga nisbatan 
ko‗pligini misollar bilan isbotlashi; 
– tuyuq janrining faqat turkiy she‘riyatda qo‗llanishiga e‘tibor qaratishi; 
– turkiy tilda forsiy tilda bo‗lmagan ba‘zi grammatik shakllar (masalan, birgalik 
nisbatini yasovchi -ish, orttirma nisbat yasovchi -t qo‗shimchalari)ning 
mavjudligini misollar bilan dalillashi; 
– turkiy tilning fonetik xususiyati qofiyadosh so‗zlar uchun fors tiliga nisbatan 
qulayligini asoslab berishi bilan bog‗liq holatlarda ko‗rinadi.
Alisher Navoiyning arab tili lug‗atshunosligiga bag‗ishlangan asari «Sab‘at abhur» 
deb ataladi.
19
Asarda yuzta fe‘l deyilgani holda 99 ta fe‘l keltirilgan. Ehtimol, kotib asarni ko‗chirish jarayonida bir fe‘lni tushirib 
qoldirgan bo‗lsa kerak.


252 
Asarning «Sab’at abhur» – «Yetti dengiz» deb atalishiga sabab arab 
lug‗atshunosligiga mansub yetti kitobning mazkur asar uchun manba bo‗lganligidir. Ular 
quyidagilar:
1) 
Javhariyning «Sahoh» izohli lug‘ati; 
2) 
Sog‘oniyning «Takmila» lug‘ati; 
3) 
Zamaxshariyning «Kashshof» (Qur’on tafsiriga oid) asari; 
4-5) Ibn Hojibning grammatikaga oid «Mufassal» (ikkita muqaddima va sharhlari
asari; 
6) «G‘aroyib ul-hadis» – hadis so‘zlariga tuzilgan lug‘atlar;
7) turli mualliflar devon, risola va boshqa asarlarning sharhlari. Ular shartli 
ravishda «Zavoyid» nomi bilan atalgan.


Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling