Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
Alisher Navoiy ta’rifi:
Yana Alisherbek Navoiy edi, begi emas edi, balki musohibi edi. Kichikligida hammaktab ekandurlar. Xususiyat bisyor ekandur. Bilmon, ne jarima bila Sulton Abusaid mirzo Hiridin ixroj qildi. Samarqandg‗a bordi. Necha yilkim Samarqandda edi, Ahmad Hojibek murabbiy va muqavviysi edi. Alisherbekning mijozi nozuk bila mashhurdur... Alisherbek naziri yo‗q kishi edi. Turkiy til bila to she‘r aytibdurlar, hech kim oncha ko‗p va xo‗b aytqon emas... Ahli fazl va ahli hunarg‗a Alisherbekcha murabbiy va muqavviy ma‘lum emaskim, hargiz paydo bo‗lmish bo‗lg‗ay. Ustoz Qulmuhammad va Shayxi Noyi va Husayn Udiykim, sozda saromad edilar, bekning tarbiyat va taqviyati bila muncha taraqqiy va shuhrat qildilar. Ustoz Behzod va Shoh Muzaffar 263 tasvirda bekning sa‘y va ehtimomi bila mundoq mashhur va ma‘ruf bo‗ldilar. Muncha binoyi xayrkim, ul qildi, kam kishi mundoqqa muvaffaq bo‗lmish bo‗lg‗ay... Bobur lirikasi «Kobul devoni» (1519, topilmagan). «Hind devoni» (1528 – 1529, 119 tasi g‗azal, 231 tasi ruboiy, tuyuq, fard, masnaviy, qit‘a, muammo). Lirikasidan namunalar Qaro zulfung firoqida parishon ro‘zgorim bor, Yuzungning ishtiyoqida ne sabr-u ne qarorim bor (musajja’ g‘azal). Xazon yaprog‘i yanglig‘ gul yuzung hajrida sarg‘ardim, Ko‘rub rahm aylagil, ey lolarux, bu chehrayi zardim (tashbeh san’ati). G‘urbatda ul oy hajri meni pir qilibtur, Hijron bila g‘urbat menga ta’sir qilibtur (istiora san’ati) Sochining savdosi tushti boshima boshtin yana, Tiyra bo‘ldi ro‘zgorim ul qaro qoshtin yana (raddul matla’ san’ati) Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim, Ko‘nglumdin o‘zga mahrami asror topmadim. G‘aming yo‘q jon agar bersam g‘amingda, O‘zungni muncha beparvo qilibsen. 264 Og‘zidek tor fursati vasli-yu hajri tuni, Ul muanbar sochi yanglig‘ ham qorong‘u, ham uzun. Bahor ayyomidir dag‘i yigitlikning avonidur, Ketur soqiy, sharobi nobkim, ishrat zamonidur. G‘ofil o‘lma, ey soqiy, gul chog‘in g‘animat tut, Vaqti aysh erur boqiy, ol chog‘ir, ketur, bot tut. Sel emastur yer yuzin tutqon – ko‘zumning yoshidur, Ra’d emastur ko‘kka chirmashqon – ko‘ngul afg‘onidur. Kim ko‘rubtur, ey ko‘ngul, ahli jahondin yaxshilig‘, Kimki ondin yaxshi yo‘q, ko‘z tutma ondin yaxshilig‘. Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling