Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talab vodiysi
- Hayrat
Shayx deb: «Yo‘q ko‘z yoshimdin o‘zga suv,
Qon kelur hardam bog‘irdin ko‘zga suv». Muridlardan birining Ka‘bani ziyorat qilmoq darkor degan da‘vatiga Shayx tomonidan shunday javob bo‗ladi: Shayx debkim: «Onda qilg‘onni talab Munda topdim, ne chekay ul yon taab». Shu tariqa Shayx har muridning kuyinib aytgan o‗gitlariga ishq so‗zi bilan javob qaytaradi. Butxonadagi kishilar esa din ahlining bu holatini mazax qilib, o‗z dinlarining ustunligini gumrohlarcha ta‘kidlay boshlaydilar. Bu hol tong yorishgunga qadar davom etadi. Muridlar nomusga chidolmay Shayxni yolg‗iz tashlab ketadilar. Shayx butxonadagi bolalarga ham masxara bo‗ladi. Shu tariqa oradan bir oy o‗tadi. Nihoyat, tarso qizi yana butxonada paydo bo‗ladi va islomdek buyuk din peshvosi Shayxning kofirlar butxonasida bu tarzda yashashidan maqsadi ne ekanini so‗raydi. Shayx tarso qiziga o‗z holini bayon qilib, bularning barchasiga sababchi sening orazing deb javob beradi. Tarso qizi shayx ishqining dalili sifatida unga to‗rt shartni bajarishi va ikki jurmona (jarima) to‗lashi kerakligini aytadi. Aytilgan to‗rt shart quyidagilar edi: 247 1) may ichmoq; 2) zunnor bog‘lamoq; 3) Qur’onni o‘tda kuydirmoq; 4) butparastlar diniga kirmoq. Jurmona sifatida esa bir yil davomida cho‗chqaboqarlik qilish va otashgohda o‗t yoqishni buyuradi. Shayx bu shartlar va jurmonalarni ortig‗i bilan ado etadi. Shu tariqa oradan bir yil o‗tadi. Shayxning Ka‘bada bir foniy 18 muridi bo‗lib, Shayx Rumga otlanganida, u boshqa bir mamlakatda safarda edi. Safardan qaytgach Shayxni topolmay, bo‗lib o‗tgan voqealar haqida surishtiradi. Muridlar unga ahvolni bayon qiladilar. Foniy murid ularga ta‘na qiladi va barcha muridlarni Rum sari yo‗lga boshlaydi. Yetib borib ko‗radiki, Shayxda na islom, na iymon maslagidan asar qolmagan. Sodiq shogird bu holni ko‗rib oh uradi va kecha- kunduz Yaratganga munojot qilib Shayxning haqiga duo o‗qiydi va, nihoyat, Alloh uning duosini qabul etadi. Shayxga g‗oyibdan ogohlik yetib, ko‗zlaridan xijolat yoshlarini to‗kib, sadoqatda bemisl bo‗lgan shogirdiga uzrxohlik qiladi. Shayx yana egniga poklik xirqasini kiyib o‗z muridlari bilan Ka‘ba sari yo‗l oladi. Rumda qolgan tarso qizi tush ko‗radi. Tushida Iso (a.s.)dan: «Shayx San‘ondek buyuk murshid sening huzuringga mehmon bo‗lib kelsa-yu, sen mezbonlik odatini bilmasdan uning boshiga ne kunlarni solding?! Endi vaqtni g‗animat bilib uning ortidan bor, diniga musharraf bo‗l», – degan xabar keladi. Tarso qizi oh urgancha, ko‗zlaridan nadomat yoshlarini to‗kib Ka‘ba tomon yo‗lga tushadi. Yo‗lda unga xastalik va ojizlik yuzlanib, tuproq ustida hushidan ketadi. Shayxga bu hol ayon bo‗lib muridlari bilan ortga qaytadi va tarso qizining so‗nggi lahzalarda iymon sohibasi sifatida jon berishiga shohid bo‗ladi. Shu o‗rinda Navoiy agar unga Alloh umr bersa, o‗z ishqi sharhini nazmga solib bir doston yozish niyati borligini aytadi: Bir necha kun umrdin topsam amon, Sharhi ishqim nazm etay bir doston. 18 Foniy – o‗zligidan kechib Haq vasliga yetishgan solik. 248 Anda bilgay kimgakim insofdur Kim, so‘zum chinmudurur yo lofdur. Ma‘lumki, tasavvufda Haqni tanishning ikki yo‗li mavjud. Birinchisi hayajonli, ruhiy kechinmalarni oshkora izhor etib borish mayli bo‗lsa, ikkinchisi osoyishta, ichki dardni yashirish maylidir. Birinchi mayl «sukra» (mastlik) yo‗li deb atalib, uning yirik namoyandalari sifatida Boyazid Bistomiy, Mansur Halloj, Abu Sa‘id Abulxayr, Farididdin Attor, Jaloliddin Rumiy, Boborahim Mashrab nomlarini keltirish mumkin. Ikkinchi mayl sahv (hushyorlik) yo‗li deb nomlanib, uning tarafdorlari qatorida Junayd Bag‗dodiy, Sa‘diy Sheroziy, Bahouddin Naqshband kabi ijodkorlarni sanab o‗tish mumkin. Adabiyotshunos olim N.Komilovning fikricha, Shayx San‘onning barcha diniy ilmlari va Qur‘onni unutishi Haqqa yetish uchun dunyoviylikdan, jumladan, aql va aqliy narsalardan qutulish, o‗zligini unutishga ishoradir. Uning xotirasi qaytishi esa sukradan sahvga qaytish hisoblanadi. Haqiqiy baqo sahv, ya‘ni hushyorlikka qaytishdan keyin boshlanadi. Sukradagi solik bamisoli dengizga sho‗ng‗ib g‗arq bo‗lgan kishi bo‗lsa, sahvga qaytgan dengizga sho‗ng‗ib gavhar donalarini olib qaytib chiqqan g‗avvos kabidir. Hudhud hikoyatdan so‗ng asl manzilga yetish uchun 7 vodiyni bosib o‗tish kerakligini aytadi. Qushlar vodiylardan o‗ta boshlaydilar: 1. Talab vodiysi – qushlarning Simurg‘ vasliga talabgorligi bilan bog‘liq. 2. Ishq vodiysi – bu vodiyda qushlarning qalbini Simurg‘ning ishqi band etadi, ular o‘zlarini va dunyoni unutadilar. 3. Ma’rifat vodiysi – bunda qushlar Simurg‘ haqidagi bilimlar, g‘oyalar cheksizligini his etadilar, Simurg‘ni taniy boshlaydilar. 4. Istig‘no (ehtiyojsizlik) vodiysida qushlarning ehtiyojmand, Simurg‘ning esa ehtiyojsizligi tasviri bayonida solikning mana shu ehtiyojsizlikni anglab yetish zamiridagi holati ifodalanadi. 5. Tavhid (birlik) vodiysi. Butun borliq yagona ruh – Simurg‘dan iborat ekanligini tushunish. 249 6. Hayrat vodiysi – Simurg‘ning ulug‘vorligidan hayratga tushib aqldan mahrum bo‘lish. 7. Faqr-u fano vodiysida o‘zlikdan voz kechib Simurg‘ bilan birlashish, abadiylikka qaytish mohiyati mujassam. Doston so‗ngida qushlar o‗zlaridagi Simurg‗ni kashf etadilar. Tasavvuf falsafasiga ko‗ra, bu dunyo Haqning tajalliysi – Allohning jilolanishidir. Dunyodagi barcha mavjudot Allohning zuhuridir. Shu ma‘noda inson ham o‗zidagi mana shu zarrani kashf etmog‗i, buning uchun esa juda uzun va mashaqqatli yo‗lni bosib o‗tmog‗i kerak. Bu, yuqorida keltirilganidek, yetti vodiydir. So‗nggi vodiy Faqr-u fano vodiysi, ya‘ni yo‗qlikka aylanib Allohga qo‗shilmoqdir. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, Simurg‗ – Haqqa yetishish timsoli. Qushlar – Haq vasliga talabgor soliklar timsoli. Hudhud – piri komil ramzi. Dostondagi ba‘zi qushlarni ramziy timsollar sifatida quyidagicha talqin qilish mumkin: Tovus – dunyo go‘zalligiga mahliyolik. Qarchig‘ay – hokimlik qilish istagi. Bulbul – foniy dunyo oshig‘i. Kaklik – o‘z raftor-u amallariga mahliyo bo‘lish. Burgut – maqsadsiz kuch-qudrat. Tovuq – fikriy, ma’naviy parvozdan mahrumlik. Bundan kelib chiqadiki, ko‗pchilik Haqqa yetishish da‘vosi bilan sulukka kirishi mumkin, lekin hamma ham bu yo‗ldagi imtihon va sinovlardan o‗ta olmasligi mumkin ekan. «Lison ut-tayr» dostoni Attor dostoni singari ramal bahrining ramali musaddasi mahzuf vazni (ruknlari va taqti‘i: foilotun foilotun foilun – V – – – V – – – V –) vaznida yozilgan. Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling