Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

Yig‘ib yaxshiliq birla yaxshi qiliq, 
Qiliqdek boshingdin ayoq yaxshiliq.


240 
11 – 14-boblarda qadimgi fors-eron shohlarining to‗rt tabaqasi: peshdodiylar
kayoniylar, ashkoniylar va sosoniylar tarixi haqida ma‘lumotlar keltiriladi.
Dostonning asosiy qismi 15-bobdan boshlanadi. Asosiy qism o‗ziga xos 
kompozitsiyaga ega. Uni shartli ravishda quyidagi 4 qismga bo‗lish mumkin:
1) 
Iskandar voqeasi – Iskandar hayoti bilan bog‘liq biror voqea yoki 
hodisa bayoni; 
2) 
nazariy masala – muayyan axloqiy muammoning ta’rifi; 
3) 
hikoyat – shu axloqiy masalaga doir hikoyat;
4) 
hikmat – Arastu va Iskandarning suhbati.  
Birinchi qism lirik xotimaga ham ega. Bu soqiy, mug‗anniy va Navoiyga murojaat 
tarzidagi baytlar bo‗lib, Nizomiyda «Iskandarnoma»ning birinchi qismi bo‗lmish 
«Sharafnoma»da soqiyga, ikkinchi qism «Iqbolnoma»da mutribga murojaatni ko‗rsak, 
dehlaviy dostonida ham soqiy, ham mutribga murojaat mavjudligini kuzatamiz. Navoiyda 
esa soqiy va mutribdan so‗ng o‗z-o‗ziga ham murojaat qilinganligi ko‗rinadi.
Asosiy qism voqealari Iskandarning tug‗ilishidan boshlanadi. Rum mamlakatining 
shohi Faylaqus tangridan farzand so‗raydi. Bir kuni ovdan qaytar ekan, shaharga 
kiraverishdagi vayronada yangi tug‗ilgan chaqaloq va o‗lik onani uchratadi. Shoh o‗likni 
dafn ettirib, chaqaloqni o‗ziga farzand qilib oladi va unga Iskandar deb nom beradi. Shoh 
Iskandarning ta‘lim-tarbiyasiga katta e‘tibor beradi va Arastuning otasi Naqumojisni unga 
ustod qilib tayinlaydi. Iskandar toj-taxt va boylikka emas, balki ilm-fan va olijanob 
fazilatlarga muhabbat ruhida ulg‗ayadi.
Doston bilan tanishish jarayonida Navoiy shunchaki Iskandar tarixini yozishni emas, 
balki u bilan bog‗liq voqealarning ma‘nosini ochishni maqsad qilganini ko‗ramiz. Buni 
yuqorida keltirganimiz muayyan axloqiy masalaning ta‘rifi, hikoyatlar, savol-javob va 
lirik xotimalarning o‗zaro almashinib kelishidan ham sezish mumkin.
Faylaqus vafot etgach, valiahd sifatida taxtni Iskandar egallashi kerak edi, lekin u 
taxtga chiqishga oshiqmaydi. Xalq uning shoh bo‗lishini qattiq talab qilib turib olgandan 
keyingina, Arastu unga toj kiygizadi. Iskandar xalq oldiga shart qo‗yib, kimning arz-dodi 
bo‗lsa, shohni o‗zi bilan teng ko‗rib ahvolini aytishini so‗raydi: 


241 
Ki, berdi manga dodgarlik Iloh, 
Bor ersa xaloyiq aro dodxoh, 
Kelib ollima arzi hol aylasun, 
O‘z ahvolini qiyl-u qol aylasun! 
Iskandar taxtga o‗tirgach adolat bilan mamlakatni boshqara boshlaydi. Xalqni ikki 
yillik xirojdan ozod etadi. Dostonda shu o‗rinda adolatning ta‘rifi beriladi. Bu ta‘rif 
hadislar vositasida tushuntiriladi. Masalan, bir soatlik adolat farishtalarning, dunyodagi 
barcha insonlarning toatidan afzal degan hadis keltiriladi. So‗ng shoh Mas‘udning bir kuni 
tushida otasi Mahmudni nurga g‗arq bo‗lgan holda jannat bog‗larida yurganini ko‗rgani va 
otasidan bu holga qanday sazovor bo‗lganini so‗raganida, otasi Hindistonni egallash 
vaqtida elga qilgan birgina adolati tufayli Alloh unga shunday martabani loyiq ko‗rgani 
haqida so‗zlab berganiga doir hikoyat ilova qilinadi. «Hikmat» bobida esa Iskandarning 
Arastu bilan adolat haqidagi savol-javobi keltiriladi. Arastuning fikricha, shoh har bir 
ishda adolat mezoni asosida ish tutsa, uning mulk-u mamlakati obod, xalqi badavlat 
bo‗ladi. Xalq badavlat bo‗lsa, askarlarning maoshi ham ortadi va qo‗shin hamisha g‗olib 
chiqadi.
Shu tariqa Iskandar adolat mezoni asosida ko‗plab mamlakatlarni egallaydi, suv 
tubiga tushadi. 23-bobdan dostonga Doro obrazi kirib keladi. Navoiy Doroga tavsif 
berarkan, uning kayoniylar sulolasi vakili ekanligini, jahon podshosi sifatida Kayxisrav-u 
Kayqubodlarning avlodiligini, uning davlatni boshqarishida Luxrosbning tartiblari, 
qo‗shinida Gushtosbning qonunlari ustuvor ekanligini bayon qiladi. Doro va Iskandar 
orasidagi xiroj mojarosi bu ikki shoh o‗rtasida ixtilofning paydo bo‗lishiga olib 
kelganligini afsus bilan ta‘kidlaydi.
Urush boshlanadi. Ammo tez orada Doroning noiblari xiyonat qiladilar va Doro 
yarador holda Iskandar qo‗liga asir tushadi. O‗limi oldidan xiyonatkorlarni jazolash, uning 
qarindosh-urug‗lariga ozor bermaslik va qizi Ravshanakka uylanishni Iskandarga vasiyat 
qiladi. Iskandar Doroning barcha vasiyatlarini ortig‗i bilan ado etadi, Doroni izzat-ikrom 


242 
bilan dafn qiladi. Shu o‗rinda Iskandarning jahongir shoh bo‗lish bilan birga cheksiz mehr 
sohibi ekanligi ham g‗oyat mohirlik bilan tasvirlanadi.
Iskandar Eronni egallagach jahonni fath etishga kirishadi. Ko‗plab o‗lka 
podsholariga xat yozib mamlakatda adolat va osoyishtalik o‗rnatmoqchiligini va shunga 
mos holda o‗z ixtiyorlari bilan unga taslim bo‗lishlarini so‗raydi. Aksariyat podsholar 
unga bo‗yin egib keladilar. Faqat Kashmir, Hind va Chin xoqonlarigina unga bo‗ysunishni 
istamaydilar. Iskandar Kashmirga yurish qilishga majbur bo‗ladi va mamlakat shohi 
Malluni bo‗ysundiradi. Uning vasiyatiga binoan qizi Mehrnozga uylanadi, o‗g‗li Feruzni 
Kashmirga podsho qiladi. Hirot va Samarqand shaharlarini barpo etadi. Tez orada Hind va 
Chin xoqonlari ham Iskandarning sha‘n-u shavkatiga tan berib, unga jangsiz taslim 
bo‗ladilar.
Iskandar yer yuzini egallagach dengiz sirlarini ham bilish uchun uzoq safarga 
chiqadi. Shishadan sandiq yasab ummon tubiga tushadi va ko‗plab ajoyibotlarni ko‗radi. 
Ammo safardan qaytishda xastalanadi va tutingan onasi Bonuga o‗g‗illikni o‗rniga qo‗ya 
olmaganidan uzr so‗rab maktub yozadi. Mazkur maktub butun dunyoni zabt etsa-da, oxir-
oqibat u dunyoga hech bir narsasiz, ochiq qo‗l bilan ketayotgan, bu olamga shoh 
bo‗lgandan ko‗ra onadek buyuk zotga qullik qilish sharafi yuksakroq ekanligini anglagan 
ulug‗ jahongirning iqrornomasi edi: 

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling