Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

Ishq ila shohlig‘ muvofiq emas,
Ishq lofida shoh sodiq emas.
Shu bilan birga, Shoh Bahromning halokatini, tasavvuf ta‘limotiga ko‗ra, yana 
shunday izohlash mumkin: butun jonzotlar, tabiat, hayvonot va nabotot olami Allohning 
zuhuridir. Ularning barchasini Alloh yaratgan ekan, ularga zarar yetkazish Yaratgan 
irodasiga qarshi borish bilan tengdir. Shu ma‘noda shoh Bahromning tabiatga yetkazgan 
jabr-zulmi uning halokatiga olib keldi.


237 
Shoir Bahrom timsoli munosabati bilan o‗z davridagi ba‘zi dolzarb masalalarga ham 
ishora qilib o‗tgan. Xususan, haqiqiy hukmdor har qanday illatlardan xoli bo‗lishi 
zarurligi, xalq ahvolidan g‗ofillik va aysh-ishratga berilish oxir-oqibat shohni va 
mamlakatni tanazzulga olib borishi mumkinligi shoir aytmoqchi bo‗lgan muhim 
g‗oyalardan biridir.
Shu ma‘noda Navoiy dostonning o‗ttizinchi bobida tush ko‗rganligini aytadi. 
Tushida shoirni Shoh Bahrom yo‗qlab, uni nazm mulkida sohibqiron deb atab yozgan 
dostoniga yuqori baho beradi va farzandi qatorida sanalmish Sulton Husayn Boyqaroni 
ogohlantirishini iltimos qiladi va unga quyidagi so‗zlarni yetkazishni aytadi: 
Ki jahon kimsaga vafo qilmas,
Shohlig‘ tarkiga kiro qilmas.
Shahki, ming yil oning hayotidur,
G‘araz – o‘lganda yaxshi otidur.
«Sab‘ayi sayyor»da Navoiy dahosining qudrati shoirning o‗z tilidan aytilgan 
o‗rinlarda ham namoyon bo‗ladi. Jumladan, doston yakuniga yaqinlashganda shoir 
asarning yozilish muddatiga to‗xtalib deydi:
Manga ayyomi garchi yod ermas, 
Lek to‘rt oydin ziyod ermas.
Bo‘lsam o‘zga umurdin emin, 
Bor edi to‘rt hafta ham mumkin...
Doston xafif bahrining xafifi musaddasi solimi maxbuni mahzuf (ruknlari va 
taqti‘i: foilotun mafoilun failun) vaznida yozilgan.

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling