Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12.4. Boborahim Mashrab
She’rlaridan namunalar
Garchi avval sadr aylab bizni badnom ettilar, Lutf etib, oxir Hirida shayxulislom ettilar. Kunduz avqotim sening hajringda nolon kechadur, 270 Kecha ham zulfung kabi holim parishon kechadur. Anbarin zulfung xayolidin ko‘zumga, ey pari, Yil-u oy-u soat-u kun bori yakson kechadur. Ulki, jondin kechadur sham’i visolingni ko‘rub, Vah, na xush vaqt-u na xush soat, na oson kechadur. Ravshan o‘lg‘ay davlati vaslida hijron oqshomi, Gar gunohimdin bilib ul mohi tobon kechadur. Xoja yanglig‘ nola qil zulfi g‘amidin kechalar Kim, mahalli nola-vu faryod-u afg‘on kechadur. (Zahiriddin Muhammad Boburga yuborilgan bu g‘azal shohga ma’qul kelgan) 12.4. Boborahim Mashrab (1653 – 1711) Boborahim Mullavali o‗g‗li Mashrab mumtoz adiblarimiz orasida o‗zidan keyin alohida va takrorlanmas maktab yaratgan ulug‗ ijodkorlarimizdan biridir. Sharqda mashrabxonlik xuddi hofizxonlik, fuzuliyxonlik, navoiyxonlik, bedilxonlik singari keng yoyilgan. Bog‗istoniyning «Tazkirayi qalandaron» asaridagi ma‘lumotlarga ko‗ra, Boborahim Valibobo o‗g‗li Mashrab 1653-yili Namanganda kosib oilasida tug‗ilgan. Mashrabni shu hududda katta ulamo, Haq yo‗liga boshlovchi tariqat rahnamosi sanalgan Mullo Bozor oxundga uchrashtiradilar. Mashrab undan ta‘lim oladi, tarbiya ko‗radi. Mullo Bozor oxund Koshg‗arga – Ofoq xoja huzuriga borishi kerakligini aytadi. Islom dunyosining ulug‗laridan biri bo‗lmish bu zot yangi muridi qalbidagi ilohiy muhabbat nurlarini ilg‗ab unga Mashrab (ma‘nosi ishq sharobini ichgan) nomini beradi. Mashrab Ofoq xoja huzurida yetti yil tahsilda, xizmatda, riyozatda bo‗ldi va Haqqa yaqin avliyo zot bo‗lib yetishdi. Mashrab, ustozi Ofoq xoja bashorat qilganidek, 1711-yili Balx hokimi Mahmud Qatag‗on amri bilan Qunduz shahrida qatl etilgan. Mashrab o‗z asarlarini jamlab devon tuzgan emas. She‘rlari «Devoni Mashrab» qissalarida, turli bayozlar va to‗plamlar tarkibida tarqoq holda bizgacha yetib kelgan. 1958 271 – 1980-yillar oralig‗ida uning she‘rlari to‗plam holida bir necha marta nashr qilingan. Mashrabning nisbatan mukammal to‗plami Jaloliddin Yusupov tomonidan 1990-yili «Mehribonim, qaydasan» nomi bilan nashrga tayyorlanib chop etildi. To‗plam shoirning g‗azal, mustazod, murabba‘, muxammas, musaddas, musabba‘ janrlarida yozgan she‘rlaridan iborat. «Mabdayi nur», «Kimyo» kabi badiiy-falsafiy, diniy-axloqiy asarlar ham Mashrab qalamiga mansub deb qaraladi. Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling