Ijodiy faoliyati
Qoshingg‘a teguzmagil qalamni,
Bu xat bila buzmagil raqamni.
Lab uyur takallumga, zulfingni parishon qil,
279
Qand qiymatin sindur, narxi anbar arzon qil.
Tabibo, shard o‘ynab icharga bermog‘in yandim,
Labidin talx-u shirin so‘z erur doruyi gulqandim.
Nega muncha siyohdur kokul,
Magaram dudi ohdur kokul.
Junun daryosi tug‘yon aylamakni mendin o‘rgandi,
Talotum birla to‘fon aylamakni mendin o‘rgandi.
Tushti tori zulfi yuzdin ko‘nglum ichra pechtob,
Aylamish ko‘ksum aro siymob yanglig‘ iztirob.
Ul yor jafosi meni bezobita etti,
Ag‘yora vafosi meni bezobita etti.
Ne ko‘zlardurki, toroj etmaka xunxorlardurlar,
Asir etmak uchun ishq ahlig‘a makkorlardurlar.
Sabo, lutf et, mengo ul yor payg‘omin ravon keltur,
Visoli mujdasidin notavon jismimg‘a jon keltur.
Ko‘ngul la’li tamannosi bila qon o‘ldi o‘xshaydur,
Ko‘zim oyinadek husnungga hayron o‘ldi o‘xshaydur.
Qizartib chehra maydin oshiqi zoringni kuydurma,
Yuzingga bodadin o‘t solma, gul uzoringni kuydurma.
280
Ishq asrorini pinhon aylaram ag‘yor aro,
Bir musulmondirki, dinin yoshurur kuffor aro.
Ey pari, may birla yuzni arg‘uvon qilmoq nadur?
Oshiqi bechorani bag‘rini qon qilmoq nadur?
Do'stlaringiz bilan baham: |