Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

She’rlaridan namunalar 
G‘azallar 

Ne sud ochilsa gul, o‘lsa bahor g‘urbat aro,
Mengaki bo‘lmasa yor-u diyor g‘urbat aro. 
 

Emas kishig‘a bu dunyoda mulk-u mol kamol,  
Husuli ilm-u hunar keldi bezavol kamol. 
 

Har necha aylabon izhor fasohat shuaro,
Sochar elga duri rayoyi balog‘ati shuaro. 
 

Yutubon bu zamonda qon fuzalo,


294 
Kulfat o‘qig‘adur nishon fuzalo. 

Yuz-u xoling g‘amidin gar emasdur notavon lola,
Nedin bo‘lmish hamisha siyna dog‘-u bag‘ri qon lola. 
 

Ko‘rmamish sandek jahonda hech bir gulzor, gul
Kim, sanga bordur badan gul, jabha gul, ruxsor gul. 
 

Manzilim chun bo‘ldi ushbu yil diyori Toshkand
 Jon-u ko‘nglim doim istar xor-xori Toshkand. 
13.2. Avaz O‘tar 
(1884 – 1919) 
Avaz O‗tar o‗g‗li 1884-yil 25-avgustda Xiva shahrida hunarmand oilasida tug‗ilgan. 
Otasi Polvonniyoz O‗tar Gadoyniyoz o‗g‗li sartarosh edi. Otasi Avazni sakkiz yoshida 
maktabga beradi. Avaz maktabdan keyingi tahsilni madrasada davom ettiradi. U Xo‗ja 
Hofiz, Nizomiy, Jomiy, Lutfiy, Navoiy, Fuzuliy ijodini qiziqib o‗rganadi. Munis, Ogahiy, 
Komil, Feruz kabi shoirlar bilan muloqotda bo‗ladi.
Avaz O‗tar o‗n to‗rt yoshlaridayoq she‘r yozishga kirishgan, o‗n sakkiz yoshlarida 
yetuk shoir nomini olgan. U haqdagi xabarlar xon saroyigacha yetib boradi. Uni saroyga 
taklif etadilar. Shoir bir qancha vaqt Xiva xoni saroyida ijod qiladi. Saroydagi uning 
she‘rlariga hasad bilan qaragan ayrim kimsalar turli bo‗htonlar to‗qib Avazni xonga 
yomon ko‗rsatadilar. Xonning buyrug‗i bilan shoirni 200 darra urib jazolaydilar, aqldan 
ozganga chiqaradilar. Shundan so‗ng sartaroshlik bilan tirikchilik qila boshlaydi, ijod 
bilan qizg‗in shug‗ullanadi. Xiva xoni Muhammad Rahimxon II vafotidan so‗ng otasi 
o‗rniga taxtga o‗tirgan Isfandiyorxon ham unga zulm qiladi, sog‗lig‗i nochor bo‗lgan 
Avazni bog‗lab 50 darra urdiradi. Shu tariqa u o‗ttiz besh yoshida vafot etadi.
Avaz O‗tar g‗azal, muxammas, masnaviy, mustazod, ruboiy, qit‘a kabi janrlarda ijod 
qilgan. Tuzgan devoniga «Saodat ul-iqbol» deb nom bergan.

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling