Dilnavoz Yusupova
«Shohimardon xotirasi» sayohatnomasidan
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol va topshiriqlar
- 15. JADID ADABIYOTI 308 15.1. Abdulla Avloniy
«Shohimardon xotirasi» sayohatnomasidan
Bu ravzaga kimki kelib Bir kechasi mehmon ekan, Umrida bir ko‘rgan kishi O‘lganda bearmon ekan. Eslatma: Zavqiy «Sayohatnoma»sining Muqimiy «Sayohatnoma»sidan asosiy farqi uning har to‗rtinchi misrasida «ekan» radifidan oldin keluvchi qofiyada (masalan, mehmon- bearmon...) raviy «n» harfidir. Muqimiyda esa raviy «r» va «ng» harflaridan iborat. Savol va topshiriqlar: 1. Qaysi ijodkorning adabiy merosi mumtoz adabiyot va ma’rifatchilik adabiyoti o‘rtasidagi ko‘prik vazifasini o‘taydi? 2. Furqatning adabiy merosini necha qismga bo‘lib o‘rganish mumkin? 3. Muqimiy hajviyalariga xos bo‘lgan ijtimoiy ruh haqida so‘z yuriting. 4. Zavqiyning adabiy merosi bizga qay shaklda yetib kelgan? 5. Avaz O‘tar devonida qanday janrdagi she’rlar uchraydi? 6. Ma’rifatchilik adabiyoti vakillarini birlashtirib turuvchi xususiyatlarni aniqlashga harakat qiling. 7. Ma’rifatchilik adabiyotini yuzaga keltirgan omillar haqida nima deya olasiz? 15. JADID ADABIYOTI 308 15.1. Abdulla Avloniy (1878 – 1934) Hayotiga doir muhim ma’lumotlar Abdulla Avloniy 1878-yilning 12-iyulida Toshkent shahrining Mergancha mahallasida to‗quvchi hunarmand oilasida tug‗ildi. O‗n olti yoshidan vaqtli matbuot sahifalarida ko‗rina boshladi. XX asr boshlarida Abdulla Avloniy jadidlar harakatining faol tashkilotchilaridan biri sifatida e‘tibor qozongan edi. Toshkentning Mirobod mahallasida yangi «usuli savtiya» – jadid maktabini ochdi, o‗zi mudirlik va o‗qituvchilik qildi. 1909-yili kambag‗al, yetim- yesirlarga ko‗mak beruvchi «Jamiyati xayriya» degan uyushma tashkil etdi. 1907-yili dastlabki matbuot nashrlaridan biri bo‗lmish «Shuhrat» gazetasini chiqardi. Avloniy 1913-yili birinchi o‗zbek teatr truppasi – «Turon» to‗garagini tashkil etdi. U o‗z atrofiga Nizomiddin Xo‗jayev, birinchi o‗zbek rejissyori Mannon Uyg‗ur, Mirshohid va Mirahmad Miroqilov singari yoshlarni yig‗ib, o‗zbek milliy teatriga asos soldi. 1917-yili ta‘sis etgan «Turon» gazetasiga «Yashasin xalq jumhuriyati» shiorini tanlab, istiqlolga bo‗lgan ishonchi, intilishlarini ochiq izhor etgandi. Bu davrda Turkistonning eng ilg‗or va mashhur gazetasi «Sadoyi Turkiston»da ham ishladi. 1918- yili «Ishtirokiyun» gazetasida muharrirlik qildi. Avloniy Eski shahar sho‗rosining raisi vazifasini bajardi, nashriyot ishlarini yo‗lga qo‗yib, unda bo‗limga mudirlik qildi, Afg‗onistonda birmuncha muddat elchi bo‗ldi, oliy o‗quv yurtlarida professor sifatida dars berdi. Abdulla Avloniy 1934-yilning 24-avgustida vafot etdi. Miroboddagi shoir yashagan uyda muzey ochilgan; Toshkent shahrining ko‗chalaridan biri Abdulla Avloniy deb ataladi. Respublika xalq ta‘limi xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutiga ham uning nomi berilgan. Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling