Avaz O‘tar she’rlaridan namunalar
295
G‘azallar
Fidoyi xalqim bo‘lsun tanda jonim,
Bo‘lub qurbon anga ruhi ravonim.
Har tilni biluv emdi bani odama jondur,
Til vositayi robitayi olamiyondur.
Ochinglar, millati vayronni obod etgusi maktab,
O‘qusin yoshlarimiz ko‘nglini shod etgusi maktab.
Ey ko‘ngul, ishq ichra kirding, jon kerakmasmu sanga?
Kofiri chashmin ko‘rub, imon kerakmasmu sanga?
Ko‘nglum agar g‘ayri sori mayl-u taqozo aylasa,
Kuysun g‘am o‘tig‘a, o‘zin g‘ayrig‘a shaydo aylasa ( Navoiyga o‘xshatma).
Jonimg‘a o‘t tushsun, agar g‘ayrig‘a parvo aylasa,
Ko‘z dog‘i chiqsun, o‘zganing husnin tamosho aylasa ( Navoiyga o‘xshatma).
Bo‘lma, ey kimsa, hamisha bu sifat mag‘ruri ganj
Kim, ne yonglig‘ ayladi Qorunni kofar zo‘ri ganj?!
Ey do‘stlar, dahr ahlig‘a hamroh-u hamdam bo‘lmangiz,
Hamroh-u hamdam demayin, bal oshno ham bo‘lmangiz ( Navoiyga o‘xshatma).
Husn ichra ul nigor parilar yagonasi,
Man ishqi ichra bo‘lmisham olam fasonasi.
Birodarlar, jahonning yo‘q vafosi,
Vafosi demayin, balkim baqosi.
296
To‘rtlik
Biling: ushbu zamon g‘amnokidurman,
Kuyub o‘rtanmish elning xokidurman.
Avazkim, nazm elin cholokidurman,
Boshin olmoqqa xonning pokidurman.
Do'stlaringiz bilan baham: |